Samarqandda gaz ballonli Nexia portladi
9 iyun 2021, 12:49

Samarqandda gaz ballonli Nexia portladi

Samarqanddagi AGTKSda gaz ballonli Nexia portladi, jabrlanganlar yo‘q.

Radarlar va kameralar o‘rnatish uchun yerlar auksionga joylashtirila boshlandi
9 iyun 2021, 12:45

Radarlar va kameralar o‘rnatish uchun yerlar auksionga joylashtirila boshlandi

Elektron auksion savdolariga radarlar va kameralar o‘rnatish uchun yerlar joylashtirila boshlandi. Joylashtirilgan ilk lotdagi yer Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida joylashgan bo‘lib, u yerda 4 ta videokamera va 2 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan.

2021 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi 4,8 foizni tashkil qiladi — Jahon banki
9 iyun 2021, 12:02

2021 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi 4,8 foizni tashkil qiladi — Jahon banki

Jahon bankining prognoziga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 4,8 foizni tashkil etadi. Markaziy Osiyo mintaqasida esa iqtisodiy o‘sishning 3,7 foizgacha tiklanishi kutilmoqda.

Prezident Milliy bog‘ hududida quriladigan kutubxona loyihasi bilan tanishdi
9 iyun 2021, 11:40

Prezident Milliy bog‘ hududida quriladigan kutubxona loyihasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy bog‘ hududida quriladigan kutubxona loyihasi bilan tanishdi. Kutubxona 3 qavatli bo‘lib, unda san’at va axborot texnologiyalari, tarix, filologiya va din hamda ijtimoiy fanlarga oid adabiyotlar jamlanadi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘tkazgan taqdimotga ko‘ra, ushbu kutubxona prezident kutubxonasi maqomida ega bo‘ladi. Shuningdek, davlat rahbari Urganchda o‘rnatiladigan al-Xorazmiy haykali va Toshkentda o‘rnatiladigan Botir Zokirov haykali eskizlari bilan tanishdi.

Samarqandning ayrim hududlari va Navbahor tumanida suv jadval bo‘yicha yetkaziladi
9 iyun 2021, 11:15

Samarqandning ayrim hududlari va Navbahor tumanida suv jadval bo‘yicha yetkaziladi

Samarqandning ayrim mahallalari va Navoiy viloyatining Navbahor tumanida suv vaqtinchalik jadval asosida beriladi. Bu ichimlik suvi, yer osti suvlari zaxiralari kamaygani hamda suv iste’moli hajmining oshgani bilan bog‘liq.

Kecha O‘zbekistonda koronavirus kasalligidan 300 nafardan ortiq bemor sog‘ayib, 2 nafar bemor vafot etdi
9 iyun 2021, 11:09

Kecha O‘zbekistonda koronavirus kasalligidan 300 nafardan ortiq bemor sog‘ayib, 2 nafar bemor vafot etdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102 ming 362 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 316 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Reklama bannerlarining buzilishi odamlar hayotiga xavf tug‘dirmoqda
9 iyun 2021, 10:39

Reklama bannerlarining buzilishi odamlar hayotiga xavf tug‘dirmoqda

Toshkentda reklama bannerlarini demontaj qilish ishlari odamlar xavfsizligini ta’minlash talablarini buzgan holda davom etmoqda. G‘afur G‘ulom bog‘i yonidan o‘tayotgan Spark avtomobili ustiga reklama banneri tushib ketdi. S1 da esa konstruksiya piyodalar o‘tish joyiga tashlab yuborildi.

Hokimliklarning yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish vakolati bekor qilindi
9 iyun 2021, 10:33

Hokimliklarning yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish vakolati bekor qilindi

Prezident farmoni bilan hokimliklarning yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish vakolati bekor qilindi. Shuningdek, ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtning o‘zida yerni olib qo‘yish, zaxiraga olish, boshqa shaxsga ajratish taqiqlandi.

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi dasturi e’lon qilindi
9 iyun 2021, 01:15

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi dasturi e’lon qilindi

O‘zbekiston prezidenti Tojikistonga rasmiy tashrifi davomida Dushanbedagi qator tadbirlarda ishtirok etadi, jamoatchilik vakillari bilan uchrashadi va So‘g‘d viloyatiga tashrif buyuradi. 30 dan ortiq hujjatlarni imzolash rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qildi
9 iyun 2021, 00:05

O‘zbekiston Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qildi

Prezident Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Hujjat Konvensiyaning 12-moddasiga qo‘shimcha shart bilan ratifikatsiya qilindi. Mazkur qo‘shimcha shart davlat mental nogironligi bo‘lgan kishilarga huquq layoqatini berishga tayyor emasligini, mazkur modda ijrosiga o‘tish birmuncha vaqt olishini anglatadi.

Andijonda mast «GAZ-5327» haydovchisi Matiz va Spark bilan to‘qnashuv sodir etdi
8 iyun 2021, 23:13

Andijonda mast «GAZ-5327» haydovchisi Matiz va Spark bilan to‘qnashuv sodir etdi

Andijonda «GAZ-5327» yuk mashinasini mast holda boshqargan haydovchi Matiz va Spark bilan to‘qnashuv sodir etdi. Besh kishi, jumladan bir voyaga yetmagan bola jarohatlandi.

Davlat xaridlarida import o‘simlik yog‘iga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq olib tashlandi
8 iyun 2021, 22:26

Davlat xaridlarida import o‘simlik yog‘iga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq olib tashlandi

Hukumat davlat xaridlarida ishtiroki taqiqlangan 529 turdagi tovar ro‘yxatidan o‘simlik yog‘ini chiqardi. 2020 yilda O‘zbekistonda 450 ming tonna o‘simlik yog‘i sotilgan bo‘lsa, ularning yarmidan ko‘pi import qilingan.

Jahon yangiliklari dayjesti
8 iyun 2021, 21:42

Jahon yangiliklari dayjesti

Marmara dengizining shilimshiq modda bilan qoplangani, Pokistonning o‘z harbiy bazalarini AQShga berishdan bosh tortgani, Belarusda 470 dan ortiq kishining siyosiy ayblov bo‘yicha hibsga olingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

8 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 iyun 2021, 20:30

8 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Navoiydagi ohak ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqishi, Effect.uz jurnalistlari Andijonda kaltaklanishi, Everestga chiqqan o‘zbekistonlikka prezident sovg‘asi topshirilishi, 15 iyundan umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul boshlanishi va “Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar — “Gazeta.uz"ning 8 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Narx-navoni barqaror ushlab turish, bu — tadbirkorlarga past narxlarda sottirish, degani emas» — prezident
8 iyun 2021, 18:13

«Narx-navoni barqaror ushlab turish, bu — tadbirkorlarga past narxlarda sottirish, degani emas» — prezident

Shavkat Mirziyoyev go‘shtning qimmatlashishi fonida narxlarni barqarorlashtirish tadbirkorlarni arzon narxda sotishga majbur qilishni anglatmasligini aytdi. Prezident bozorda taklif ortishi uchun sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi. Shundan kelib chiqib, parrandachilik korxonalarining foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari 50 foizga kamaytiriladi.

Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi
8 iyun 2021, 17:33

Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshida Ijtimoiy va ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi. Uning vazifalari samarali targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va internetdan foydalanish madaniyatini oshirishdan iborat.

Navoiydagi ohak ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi vafot etdi
8 iyun 2021, 17:04

Navoiydagi ohak ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi vafot etdi

Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida korxonaning bir nafar ishchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 35 mlrd dollardan oshdi
8 iyun 2021, 16:38

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 35 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari may oyiga nisbatan 1,4 mlrd dollarga oshgan bo‘lib, 1 iyun holatiga ko‘ra 35,5 mlrd dollardan ortiqni tashkil qilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
8 iyun 2021, 16:18

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 22,84 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 554,96 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarilgan.

Sirdaryoda dalada butunlay yonib ketgani aytilgan erkak tirik bo‘lib chiqdi
8 iyun 2021, 16:03

Sirdaryoda dalada butunlay yonib ketgani aytilgan erkak tirik bo‘lib chiqdi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida tanasi 100% kuyib ketgani aytilgan shaxs tirik bo‘lib chiqdi. U aslida qarzini to‘lamaslik uchun o‘zini o‘ldiga chiqarib qo‘rsatish rejasini tuzib, Toshkent shahrida istiqomat qiladigan boshqa fuqaroni o‘ldirganligi ma’lum bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting