Har xil o‘yin bo‘lib ketmasligi uchun yer bo‘yicha farmon jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmadi — adliya vaziri
9 iyun 2021, 18:41

Har xil o‘yin bo‘lib ketmasligi uchun yer bo‘yicha farmon jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmadi — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov yer munosabatlarini tartibga solishga oid prezident farmoni nima sababdan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmaganini izohladi. «Har xil o‘yin bo‘lib ketmasligi, butun davlat miqyosida yerlar talon-toroj qilinmasligi uchun mana shunaqa yondoshuv qilindi», — dedi u. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, endi hokimlar yer ajratish bo‘yicha qaror qabul qila olmaydi. Faqat viloyat hokimlarida qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratishga oid vakolat qolgan.

O‘zbekiston va Qatar o‘zaro aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi
9 iyun 2021, 17:44

O‘zbekiston va Qatar o‘zaro aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Qatar «Doha-Toshkent-Doha» yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi bitimni imzoladi.

Toshkentda FVV xodimi fuqarolarni qutqarish vaqtida halok bo‘ldi
9 iyun 2021, 17:38

Toshkentda FVV xodimi fuqarolarni qutqarish vaqtida halok bo‘ldi

Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalida ikki nafar fuqaroni qutqarish vaqtida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi halok bo‘ldi.

Moskvaga yana ikkita muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi
9 iyun 2021, 17:00

Moskvaga yana ikkita muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi

10 iyundan boshlab seshanba va payshanba kunlari Toshkentdan Moskvaga yana ikkita muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Qo‘shimcha reyslar seshanba kuni Uzbekistan Airways tomonidan va payshanba kuni «Aeroflot» tomonidan amalga oshiriladi.

Toshkentda tashqi reklama obyektlariga moratoriy bekor qilindi
9 iyun 2021, 16:56

Toshkentda tashqi reklama obyektlariga moratoriy bekor qilindi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi 31 dekabrgacha e’lon qilingan tashqi reklama obyektlarini joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriyni bekor qildi. Kengash 4 iyunda avvalgi qaroriga o‘zgartirishlar kiritgan, ammo bu haqda hali e’lon qilinmagan.

3−7 iyun kunlari Toshkentda uch asrning maksimal havo haroratlari rekordi yangilandi
9 iyun 2021, 16:38

3−7 iyun kunlari Toshkentda uch asrning maksimal havo haroratlari rekordi yangilandi

Iyun oyi boshida Toshkent shahrida kuzatilgan maksimal havo harorati deyarli o‘tgan asr boshlari va XIX asr oxirlarida ushbu kunlarda qayd etilgan maksimumlarni yangiladi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
9 iyun 2021, 16:14

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 16 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 571 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

Nukusdagi g‘isht zavodida ishlaydigan mahbuslarga 3 oydan beri oylik berilmagani aniqlandi
9 iyun 2021, 16:01

Nukusdagi g‘isht zavodida ishlaydigan mahbuslarga 3 oydan beri oylik berilmagani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonning Nukus tumanidagi g‘isht zavodlaridan birida mehnat qilayotgan mahbuslarga mart-may oylari uchun ish haqlari to‘lab berilmagani aniqlandi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) aralashuvi bilan mahkumlarning oylik maoshlari to‘lab berilishiga erishildi.

QS World University Rankings — eng yaxshi universitetlar reytingi e’lon qilindi
9 iyun 2021, 15:51

QS World University Rankings — eng yaxshi universitetlar reytingi e’lon qilindi

Quacquarelli Symonds tomonidan e’lon qilingan World University Rankings 2022 reytingida Massachusets texnologiya instituti birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, kuchli uchlikni Oksford va Stenford universitetlari to‘ldirib turishibdi.

Toshkentdagi kanallarda ikki kishi cho‘kib ketdi
9 iyun 2021, 15:29

Toshkentdagi kanallarda ikki kishi cho‘kib ketdi

Toshkentda ehtiyotsizligi tufayli Damashi kanaliga tushib, cho‘kib ketgan o‘spirinning jasadi qidirilmoqda. Bundan tashqari, poytaxtning Bo‘zsu kanalida cho‘kib ketayotgan qizni qutqarib, ammo o‘zi suvdan chiqolmagan fuqaroni qidirish ishlari ham davom etmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda avtomobil ishlab chiqarishni ko‘zlamoqda
9 iyun 2021, 15:26

O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda avtomobil ishlab chiqarishni ko‘zlamoqda

Birinchi O‘zbekiston — Tojikiston investitsiyaviy forumi Boxtarda bo‘lib o‘tdi. Unda 50 mln dollarlik ustav kapitaliga ega O‘zbekiston — Tojikiston jamg‘armasi tashkil etilgani ma’lum qilindi. Forum yakunida avtomobil va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha bitimlar ham imzolandi.

Boysun gazni qayta ishlash zavodi qurilishi qizg‘in pallaga kirdi
9 iyun 2021, 15:00

Boysun gazni qayta ishlash zavodi qurilishi qizg‘in pallaga kirdi

Boysun GQIZ tovarbop gaz uzatish quvuri va tashqi suv ta’minotining asosiy manbasini loyihalash ishlari yakunlandi.

Aleksandr Bekjonov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori etib tayinlandi
9 iyun 2021, 14:49

Aleksandr Bekjonov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori etib tayinlandi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori etib tayinlandi. Teatrning sobiq direktori Mirza Azizov 16 aprel kuni 58 yoshida vafot etgan edi.

Oklend yashash uchun eng qulay shahar deb topildi
9 iyun 2021, 14:45

Oklend yashash uchun eng qulay shahar deb topildi

Yangi Zelandiyaning Oklend shahri The Economist Intelligence Unit talqiniga ko‘ra, yashash uchun eng qulay bo‘lgan shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Damashq esa eng noqulay shahar deb topildi.

YHXB Toshkentda Spark ustiga reklama banneri qulagan holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazmoqda
9 iyun 2021, 14:01

YHXB Toshkentda Spark ustiga reklama banneri qulagan holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari Spark avtomobili ustiga demontaj qilinayotgan reklama banneri qulaganligi holati yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha vaziyatga huquqiy baho beriladi.

Chiroqchida «svet» o‘chishi muammolari sababli aholi poyezd yo‘lini to‘sib qo‘ydi
9 iyun 2021, 13:58

Chiroqchida «svet» o‘chishi muammolari sababli aholi poyezd yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Chiroqchi tumani «Ayratom» qishlog‘i aholisi elektr energiyasi ta’minoti qoniqarsiz bo‘lganligi sabab poyezd yo‘lini to‘sib qo‘ydi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» bunga tuman hokimi ushbu muammoni hal qilish uchun qishloq aholisi bilan uchrashmaganligi sabab bo‘lganligini ta’kidladi. Tuman hoqimligi esa temiryo‘l to‘sib qo‘yilgan paytda hokim boshqa mahallaga ketayotgani va voqeadan xabar topgach, hududga borganini aytmoqda.

Bitcoin Salvador mamlakatining rasmiy valyutasiga aylandi
9 iyun 2021, 13:57

Bitcoin Salvador mamlakatining rasmiy valyutasiga aylandi

Salvador bitcoin kriptovalyutasini qonuniy to‘lov vositasi deb tan olgan ilk mamlakatga aylandi. Mamlakat prezidenti bu boradagi qonun hujjatini imzolashi bilan Salvadorda bitcoin kriptovalyutasini to‘lov uchun qabul qilishni majburiy qilib qo‘yiladi.

Muborak tumani hokimi ishdan olindi
9 iyun 2021, 13:38

Muborak tumani hokimi ishdan olindi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi yig‘ilishda Muborak tumani hokimi Ulug‘bek Ernazarov lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rnini Qarshi tumani hokimining o‘rinbosari Akram Aripov egalladi.

Air Astana O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
9 iyun 2021, 13:27

Air Astana O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasiga Turkiston — Toshkent — Turkiston va Olmaota — Samarqand — Olmaota yo‘nalishlarida O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

2 yilda 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj qilingan yoki maqsadsiz berib yuborilgan
9 iyun 2021, 13:07

2 yilda 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj qilingan yoki maqsadsiz berib yuborilgan

2 yil davomida 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj bo‘lgan yoki hokimlar tomonidan maqsadsiz berib yuborilgani ma’lum qilindi. Yerga oid qonunchilik bo‘yicha 588 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting