Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 433 534 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 511 710 doza, 2-bosqichda emlanganlar 903 198 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 18 626 nafarni tashkil qildi.

8 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 50 077 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 23 541 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 21 120, 3-bosqich emlanganlar 5416 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (294 580 doza), Namangan viloyatida (285 900 doza), Andijon viloyatida (282 852 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 199 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 8 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102 362 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 316 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 98 445 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Kecha, shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 701 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3216 nafar bemor davolanmoqda.