Hukumatning 3 iyundagi qarori bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi, deya xabar bermoqda Norma.uz.

Institut vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati, milliy g‘oyaning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni, jamiyat barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tahdidlar to‘g‘risida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
  • mamlakatda ijtimoiy va ma’naviy muhitni o‘rganish, baholash va yaxshilash bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflarni tayyorlash;
  • ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish uchun samarali va natija beruvchi targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish;
  • buzg‘unchi g‘oyalar va axborot tahdidlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, aholi o‘rtasida internetdan foydalanish madaniyatini oshirish;
  • odamlar taqdiriga befarqlik, mahalliychilik, qarindoshlik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga beparvolik, yoshlar tarbiyasidagi mas’uliyatsizlikni yo‘q qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Institut barcha huquq va majburiyatlarning, shuningdek «Ma’naviyat targ‘ibotchisi» ta’lim muassasasi tuzgan shartnomalarining huquqiy vorisi hisoblanadi.

Muassasa davlat byudjeti, xayriya mablag‘lari va xalqaro grantlar hisobidan moliyalashtiriladi.