Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi zavodlardan birida yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan video lavha tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan FVV izoh berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat 7 iyun kuni taxminan soat 15:52 da Navoiy viloyati Karmana tumani, «Bog‘ishamol» MFY hududidagi «Zarafshon Golden Group» MCHJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan. Hodisa texnologik jarayonning buzilishi natijasida yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida korxonaning bir nafar ishchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, yong‘in joyida bo‘lgan bir nafar FVV xodimi kuyish tan jarohati bilan RSHTYOIM Navoiy viloyati filialiga yotqizilgan.

Hodisa yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuz bergan hududga yetib borgani va qisqa muddat ichida yong‘in bartaraf etilgani aytilmoqda.