9 iyun kuni soat 04:35 larda, Samarqand shahrida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida Nexia (2002 yilda ishlab chiqarilgan) avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni yorilib, portlash sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Portlash oqibatida avtomobil va shoxobchaning gaz taqsimlash ayvonining tunukali shift qismi zararlangan.
Tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Samarqand shahar FVB va IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

YHXBB barcha haydovchilardan boshqaruvidagi avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonning sozligi va yaroqliligiga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.

Avvalroq, Jizzax,Qashqadaryo va Sirdaryodagi gaz ballonlarining yorilishi haqida yozgan edik.