Tashqi ishlar vaziri USAID`ning yangi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi
29 iyun 2021, 11:51

Tashqi ishlar vaziri USAID`ning yangi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Abdulaziz Kamilov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer bilan muzokaralar o‘tkazdi. Vazir USAID rahbarini iyul oyining o‘rtalarida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” konferensiyasiga taklif qildi.

O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanganlar soni 110 ming nafardan oshdi
29 iyun 2021, 10:54

O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanganlar soni 110 ming nafardan oshdi

Kecha O‘zbekistonda 498 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 636 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Navoiyda Cobalt yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi. 2 kishi halok bo‘ldi
29 iyun 2021, 09:58

Navoiyda Cobalt yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi. 2 kishi halok bo‘ldi

Navoiy viloyatida Cobalt Howo rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi.

Yana 47 nafar afg‘on harbiylari va fuqarolari O‘zbekiston chegarasini buzgan
28 iyun 2021, 22:10

Yana 47 nafar afg‘on harbiylari va fuqarolari O‘zbekiston chegarasini buzgan

26−27 iyun kunlari 47 nafar Afg‘oniston harbiylari va mahalliy qurolli guruh vakillari O‘zbekiston davlat chegarasini buzib kirgan. Barcha Afg‘oniston fuqarolari o‘z vataniga qaytarilgan. «O‘zbekiston hududiga bu kabi noqonuniy o‘tishga urinishlar qat’iy ravishda bartaraf etiladi», — deya bayonot berdi TIV.

Jahon yangiliklari dayjesti
28 iyun 2021, 20:52

Jahon yangiliklari dayjesti

Bir guruh Afg‘oniston harbiylarining Tojikiston chegarasidan o‘tgani, Shvetsiya bosh vazirining iste’fosi, Hindistonning 50 ming nafar harbiyni Xitoy bilan chegara hududiga safarbar qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
28 iyun 2021, 20:47

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktayni qabul qildi. Tomonlar Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishiga tayyorgarliklar masalalarini muhokama qilishdi.

28 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 iyun 2021, 20:30

28 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

1 iyuldan O‘zbekistonda bo‘ladigan o‘zgarishlar, PPX xodimining o‘ziga o‘q uzishi, prezidentning ish haftasi grafiki, avgust oyida O‘zbekistonga olib kelinadigan vaksina — «Gazeta.uz»ning 28 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Afg‘oniston fuqarolari va harbiylari yana O‘zbekiston chegarasini buzib o‘tgan — Sherzod Asadov
28 iyun 2021, 19:04

Afg‘oniston fuqarolari va harbiylari yana O‘zbekiston chegarasini buzib o‘tgan — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Afg‘oniston fuqarolari va harbiylari O‘zbekiston chegarasini yana bir necha marta buzib o‘tgani, oxirgi shunday harakat shanba kuni bo‘lganini ma’lum qildi. Surishtiruv va tergov harakatlaridan so‘ng ular o‘z yurtiga qaytarilgan. «O‘zbekiston chegarasi daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmasligi kerak», — dedi Asadov.

UzAuto Motors Qozog‘istonda avtomobil sotish bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi
28 iyun 2021, 18:21

UzAuto Motors Qozog‘istonda avtomobil sotish bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi

UzAuto Motors yanvar-may oylarida Qozog‘istonda 11,7 ming dona avtomobil sotib, savdo hajmi bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Moskvada migrantlarni koronavirusga qarshi emlash jarayonlari boshlandi
28 iyun 2021, 17:51

Moskvada migrantlarni koronavirusga qarshi emlash jarayonlari boshlandi

Moskvada migrantlarni koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinatsiya jarayonlari boshlandi. Hozirda ular «Sputnik Layt» bilan emlanmoqda va vaksina uchun to‘lov ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Jahon banki O‘zbekistonda elektroenergetika sohasini rivojlantirish uchun 380 mln dollar ajratadi
28 iyun 2021, 16:29

Jahon banki O‘zbekistonda elektroenergetika sohasini rivojlantirish uchun 380 mln dollar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga elektroenergetika sohasini rivojlantirish uchun 380 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi.

Senat MB bazasidan hisobvaraqalar haqidagi ma’lumotlarni olishga ruxsat berdi
28 iyun 2021, 16:19

Senat MB bazasidan hisobvaraqalar haqidagi ma’lumotlarni olishga ruxsat berdi

Senatorlar «Bank siri to‘g‘risida» va «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga Markaziy bank ma’lumotlar bazalaridagi hisobvaraqalar haqidagi ma’lumotlarni olishga ruxsat berildi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
28 iyun 2021, 16:09

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 10,83 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 586,83 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

Ekologiya qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda 87,3 mlrd so‘mlik qonunbuzarliklar aniqlandi
28 iyun 2021, 14:39

Ekologiya qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda 87,3 mlrd so‘mlik qonunbuzarliklar aniqlandi

Davlat moliyaviy nazorati departamenti Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda 2017−2020 yillarda jami 87,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.

COVAX dasturi doirasidagi vaksinalardan biri avgust oyida yetkazib berilishi kutilmoqda
28 iyun 2021, 12:06

COVAX dasturi doirasidagi vaksinalardan biri avgust oyida yetkazib berilishi kutilmoqda

Avgust oyida COVAX dasturi doirasidagi vaksinalardan biri O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda. U AstraZeneca (CovieShield emas), Pfizer, Moderna yoki JSST tasdiqlagan boshqa vaksina bo‘lishi mumkin.

Hafta davomida issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
28 iyun 2021, 11:38

Hafta davomida issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +38…+41 darajagacha ko‘tariladi.

Prezident 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashadi
28 iyun 2021, 11:26 2

Prezident 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashadi. 29 iyun kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, 1 iyul kuni uzum yetishtirish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, hafta davomida respublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan.

Moskvada vaksinatsiyani tasdiqlovchi QR kodisiz kafe va restoranlarga borish taqiqlandi
28 iyun 2021, 11:06

Moskvada vaksinatsiyani tasdiqlovchi QR kodisiz kafe va restoranlarga borish taqiqlandi

Rossiya poytaxtidagi kafe va restoranlarga faqat maxsus QR-kod taqdim etilgandan keyingina tashrif buyurish mumkin. Kod koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar, kafega kelishdan avval, yarim yil ichida COVID-19 bilan kasallanganlar yoki uch kundan kechiktirmay PSR testining manfiy natijasini olganlarga beriladi.

Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi
28 iyun 2021, 11:03

Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Jizzax shahridagi gaz quyish shoxobchasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani sababli yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda ikkita mashina yonib ketdi.

Toshkent viloyatiga qatnovchi avtobuslar faoliyati o‘z ish tartibida davom etadi
28 iyun 2021, 10:47

Toshkent viloyatiga qatnovchi avtobuslar faoliyati o‘z ish tartibida davom etadi

“Toshshartransxizmat” Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradigan 24 ta avtobus o‘z ish tartibida davom ettirishini ma’lum qildi. YPX post maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, avtobuslar harakati ushbu post maskanlarigacha tashkil qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting