Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 3 409 257 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 998 627 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 174 587 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 236 043 nafarni tashkil qildi.

28 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 128 521 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 65 652 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 29 293, 3-bosqich emlanganlar 33 576 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (411 078 doza), Farg‘ona viloyatida (394 550 doza), Andijon viloyatida (379 480 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 498 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 28 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 110 190 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 636 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 106 416 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 733 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3041 nafar bemor davolanmoqda.