Bugundan boshlab O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Ma’lum qilinishicha, hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Butun davr davomida harorat foni maqbul bo‘ladi.

Havo harorati kechalari +22…+25 daraja, kunduz kunlari +38…+41 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda +43 darajagacha atrofida bo‘ladi.

Bunday harorat qiymatlari iyun oyi oxiri-iyul oyi boshidagi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan +2…+4 darajaga ko‘p bo‘ladi. “Biroq, O‘rta Osiyo iqlimi uchun, ayniqsa so‘nggi yillarda bu anomal hodisa emas”, — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.