1 iyuldan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Pensiya va nafaqalarning oshirilishi, 24 ta tuman va shahar qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilayotgani, olis va chekka hududlardagi bog‘chalar va parrandachilarga subsidiya berilishi, onkologik va gematologik bemorlarning viloyatlardan respublika markazlariga kelish xarajatlari qoplab berilishi, mansabdor shaxslarning xizmat safarlari xarajatlari oshkor qilinishi — 1 iyuldan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Angrenda PPX xodimi o‘ziga o‘q uzib vafot etdi

Angrenda PPX xodimi tabel qurolidan o‘zining jag‘ qismiga qarata bir marotaba o‘q uzib, vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aytilishicha, unga nisbatan bosim bo‘lgan va pul so‘ralagan. Holat ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olingan.

Toshkent viloyatiga qatnovchi avtobuslar faoliyati o‘z ish tartibida davom etadi

«Toshshartransxizmat» Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradigan 24 ta avtobus o‘z ish tartibida davom ettirishini ma’lum qildi. YPX post maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, avtobuslar harakati ushbu post maskanlarigacha tashkil qilinadi.

Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Jizzax shahridagi gaz quyish shoxobchasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani sababli yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda ikkita mashina yonib ketdi.

Prezident 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashadi. 29 iyun kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, 1 iyul kuni uzum yetishtirish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, hafta davomida respublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan.

COVAX dasturi doirasidagi vaksinalardan biri avgust oyida yetkazib berilishi kutilmoqda

Avgust oyida COVAX dasturi doirasidagi vaksinalardan biri O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda. U AstraZeneca (CovieShield emas), Pfizer, Moderna yoki JSST tasdiqlagan boshqa vaksina bo‘lishi mumkin.

Ekologiya qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda 87,3 mlrd so‘mlik qonunbuzarliklar aniqlandi

Davlat moliyaviy nazorati departamenti Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda 2017−2020 yillarda jami 87,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.

Senat MB bazasidan hisobvaraqalar haqidagi ma’lumotlarni olishga ruxsat berdi

Senatorlar «Bank siri to‘g‘risida» va «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga Markaziy bank ma’lumotlar bazalaridagi hisobvaraqalar haqidagi ma’lumotlarni olishga ruxsat berildi.

Jahon banki O‘zbekistonda elektroenergetika sohasini rivojlantirish uchun 380 mln dollar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga elektroenergetika sohasini rivojlantirish uchun 380 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi.

UzAuto Motors Qozog‘istonda avtomobil sotish bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi

UzAuto Motors yanvar-may oylarida Qozog‘istonda 11,7 ming dona avtomobil sotib, savdo hajmi bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Afg‘oniston fuqarolari va harbiylari yana O‘zbekiston chegarasini buzib o‘tgan — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Afg‘oniston fuqarolari va harbiylari O‘zbekiston chegarasini yana bir necha marta buzib o‘tgani, oxirgi shunday harakat shanba kuni bo‘lganini ma’lum qildi. Surishtiruv va tergov harakatlaridan so‘ng ular o‘z yurtiga qaytarilgan. «O‘zbekiston chegarasi daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmasligi kerak», — dedi Asadov.

«Gazeta.uz»da chiqqan intervyular:

O‘zbekistondagi YTHlarda ko‘pincha piyodalar jabr ko‘radi. Vaziyatni qanday o‘nglash mumkin?

O‘zbekistondagi YTHlarning aksariyatida piyodalar jabr ko‘rmoqda. Buning sababi nimada va bunday hodisalar sonini qanday kamaytirish mumkin? Bu haqda batafsil Samarqand bosh rejasini ishlab chiqayotgan rossiyalik mutaxassislar jamoasining «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida.