“Yedinaya Rossiya” RF Davlat dumasiga saylovlarda ko‘pchilik ovozga ega bo‘ldi
21 sentabr 2021, 09:29

“Yedinaya Rossiya” RF Davlat dumasiga saylovlarda ko‘pchilik ovozga ega bo‘ldi

Rossiya Davlat dumasiga o‘tkazilgan saylovlar yakunlari bo‘yicha “Yedinaya Rossiya”, KPRF, LDPR, “Spravedlivaya Rossiya” va “Noviye lyudi” yetakchi bo‘ldi. To‘qqizta ma’muriy birlikda ham hudud rahbarligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi, aksariyat saylangan gubernatorlar hukmron partiya vakillari hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari o‘g‘lining kompaniyasi 9,9 mlrd so‘mlik tenderda g‘olib bo‘ldi
21 sentabr 2021, 08:42

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari o‘g‘lining kompaniyasi 9,9 mlrd so‘mlik tenderda g‘olib bo‘ldi

1 mln dona uzum ko‘chatlarini yetkazib berish bo‘yicha 9,95 mlrd so‘mlik tenderda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligida milliy bilim va innovatsiyalar markazi (buyurtmachi) rahbari Alisher To‘rayevning o‘g‘liga tegishli kompaniya g‘olib bo‘ldi.

«Maroqand neft bazasi»da neft mahsulotlari o‘g‘rilanib, noqonuniy sotib yuborilgan
20 sentabr 2021, 22:37

«Maroqand neft bazasi»da neft mahsulotlari o‘g‘rilanib, noqonuniy sotib yuborilgan

«Maroqand neft bazasi»da neft mahsulotlarining o‘g‘rilanib, noqonuniy sotib yuborilgani aniqlandi, deya xabar qildi «O‘zbeknaftgaz». Jumladan, neft bazasida 23,3 mlrd so‘mlik 3219 tonna avtobenzin birja savdolari orqali sotib olinmasdan, iste’molchilarga jo‘natib yuborilgan. Bundan tashqari, ayrim xodimlar yoqilg‘i sig‘imlarining kalibrovka jadvallarini o‘zgartirilib, zaxiralarni yashirgan, haydovchilar esa mexaniklar bilan kelishib, benzinni hisobdan chiqarishgan. 11 xodim ishdan bo‘shatildi, jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

20 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 sentabr 2021, 21:30

20 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi kampaniyasi boshlanishi, Respublika maxsus komissiyasining qarorlari, YTH oqibatida jurnalistning halok bo‘lishi — “Gazeta.uz"ning 20 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
20 sentabr 2021, 20:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Afg‘onistonda teraktlar oqibatida bir necha kishining halok bo‘lgani, Xitoyda bolalar uchun TikTok’ning cheklangani, Hindistonning 500 ming xorijlik sayyohga bepul viza berayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Texpasportlarni topshirish ishlari davom etmoqda — Toshkent IIBB
20 sentabr 2021, 19:42

Texpasportlarni topshirish ishlari davom etmoqda — Toshkent IIBB

Toshkent IIBB YHXB bo‘linmalarida avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik to‘g‘risida guvohnoma berish ishlari qayta tiklandi. Texpasportlarni almashtirish bo‘yicha murojaatlar sonining ortib ketgani ularni berishda muammolarni keltirib chiqargani aytildi.

Fuqarolik sudlarida ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi
20 sentabr 2021, 18:51

Fuqarolik sudlarida ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi

Qonunchilikka fuqarolik protsessida soddalashtirilgan tartibda ish yuritish instituti kiritildi. Da’voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 20 baravaridan, YATTga nisbatan 10 baravaridan, jismoniy shaxslarga nisbatan esa 5 baravaridan oshmasa, ishlar soddalashtirilgan tartibida ko‘rib chiqiladi.

«Trest-12» davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabuli boshlandi
20 sentabr 2021, 18:22

«Trest-12» davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabuli boshlandi

«Trest-12» qurilish kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. UzAssets investitsiya kompaniyasi «raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali» «Trest-12» ustav kapitalidagi 51,12 foizlik aksiyalar paketi sotilishi haqida e’lon berdi.

«Surxon» futbolchisi klub rahbariyati uni kaltaklaganini aytdi. Klub futbolchi jamoa rahbarini haqorat qilganini ma’lum qildi
20 sentabr 2021, 17:50

«Surxon» futbolchisi klub rahbariyati uni kaltaklaganini aytdi. Klub futbolchi jamoa rahbarini haqorat qilganini ma’lum qildi

Termizning «Surxon» klubi futbolchisi Javohir Esonqulov jamoa sardori, klub sport direktori va birinchi vitse-prezidenti tomonidan do‘pposlanganini ta’kidladi. Klub esa Esonqulov jamoa rahbarining kabinetiga kiraverishdagi devorga uni haqorat qiluvchi so‘z yozib qoldirganligini ma’lum qilib, faqat ikkita futbolchi o‘rtasida mushtlashuv bo‘lganini aytdi. Futbolchining rafiqasi uni dubinkalar bilan kaltaklaganini ta’kidlamoqda.

Permda halok bo‘lganlar va yaradorlar orasida o‘zbeklar yo‘q
20 sentabr 2021, 17:36

Permda halok bo‘lganlar va yaradorlar orasida o‘zbeklar yo‘q

Perm davlat milliy tadqiqot universitetida ro‘y bergan otishmada jarohatlangan va halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan, deb xabar berdi TIV.

Prezident Toshkentdagi yangi qurilish loyihalari bilan tanishdi
20 sentabr 2021, 16:39

Prezident Toshkentdagi yangi qurilish loyihalari bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtda amalga oshirilayotgan qurilish loyihalari bilan tanishdi. Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining 10 qavatli, 650 statsionar va 100 ambulator o‘ringa ega bino loyihasi taqdim etildi. Shuningdek, «Yangi O‘zbekiston» universitetining o‘quv kampusi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududidagi yangi kutubxona loyihasi ko‘rib chiqildi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
20 sentabr 2021, 16:33

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,62 so‘mga ko‘tarilib, 10 686,70 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kursi esa pasaydi.

Shavkat Mirziyoyev BMT sessiyasida nutq so‘zlaydi
20 sentabr 2021, 14:55

Shavkat Mirziyoyev BMT sessiyasida nutq so‘zlaydi

Bugun prezident huzurida qator obyektlar qurilishiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tadi. Ertaga Shavkat Mirziyoyev videoaloqa orqali BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi tantanali ochilishida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

«Xalq so‘zi» muxbiri Said Maxsumov avtohalokatda vafot etdi
20 sentabr 2021, 14:17

«Xalq so‘zi» muxbiri Said Maxsumov avtohalokatda vafot etdi

Qoraqalpog‘istondagi YTHda to‘rt kishi, jumladan «Xalq so‘zi» gazetasi muxbiri 36 yoshli Said Maxsumov vafot etdi.

Metro poyezdlaridan birida texnik nosozlik yuzaga keldi
20 sentabr 2021, 13:23

Metro poyezdlaridan birida texnik nosozlik yuzaga keldi

Toshkent metropoliteni bo‘sh vagonning yopiq eshiklari oldida ko‘plab yo‘lovchilar yig‘ilgan videoga izoh berdi. Poyezdlardan biridagi havo taqsimlash tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgan, yo‘lovchilar bekatda tushurilgan va poyezd texnik ko‘rik punktiga olib ketgan.

Perm davlat universitetida otishma: sakkiz kishi halok bo‘ldi (yangilandi)
20 sentabr 2021, 12:58

Perm davlat universitetida otishma: sakkiz kishi halok bo‘ldi (yangilandi)

Perm davlat universitetida otishma sodir bo‘ldi, sakkiz kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi.

Hafta davomida havo salqin bo‘ladi
20 sentabr 2021, 12:51

Hafta davomida havo salqin bo‘ladi

Haftaning katta qismida O‘zbekiston bo‘yicha asosan quruq va salqin ob-havo hukumronlik qiladi. Hafta oxiriga havo harorati yana ko‘tariladi.

Andijonda 6 ta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi
20 sentabr 2021, 12:02

Andijonda 6 ta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 6 ta avtomashina oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 kishi vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Muhtoj bo‘lgan 100 nafar xotin-qizning to‘lov-kontrakti hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi
20 sentabr 2021, 11:34

Muhtoj bo‘lgan 100 nafar xotin-qizning to‘lov-kontrakti hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi

Hukumat qarori bilan har bir hududdan ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz 100 nafar ayollarning to‘lov-kontrakti hokimliklar tomonidan har yili to‘lab beriladi. 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi o‘quv yilida bepul o‘qitilishi ham ko‘zda tutimoqda.

To‘y va oilaviy marosimlarni 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi
20 sentabr 2021, 11:10

To‘y va oilaviy marosimlarni 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi

20 sentabrdan to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazilishiga ruxsat berildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting