18 sentabr kuni soat 18:05 larda Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Ko‘makay M.F.Y hududidan o‘tuvchi 4R130 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Haydovchi G‘. A. (1989 y.t.) boshqaruvidagi “Dongfeng” yuk avtomobili, B. Yu. (1992 y.t.) boshqaruvidagi Damas, Sh. M. (1973 y.t.) boshqaruvidagi Damas, M. A. (1958 y.t.) boshqaruvidagi Nexia, M. J. (1958 y.t.) boshqaruvidagi Matiz, X. A.(2000 y.t.) boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Natijada Damas avtomobili yo‘lovchisi bo‘lgan fuqaro M.F. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.