O‘zbekiston prezidenti 16 sentabr kuni qonunchilikka fuqarolik protsessida soddalashtirilgan tartibda ish yuritish institutini kiritishni ko‘zda tutgan qonunni imzoladi.

Da’voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 20 baravaridan, YATTga nisbatan 10 baravaridan, jismoniy shaxslarga nisbatan esa 5 baravaridan oshmasa, ishlar soddalashtirilgan tartibida ko‘rib chiqiladi, deya ma’lum qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Soddalashtirilgan tartibida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda javobgarga da’vo arizasiga doir yozma fikrini taqdim etishi zarurligini ko‘rsatadi va uni javobgarga yuboradi. Javobgar da’vo arizasiga doir yozma fikrini sudga o‘zi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli.

Soddalashtirilgan tartibida ish ajrim chiqarilgan kundan 20 kundan oshmagan muddatda yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish muddati uzaytirilmaydi.

Sud soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni sud muhokamasini o‘tkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan ko‘rib chiqadi.

Sud taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tushuntirishlarni, e’tirozlarni va (yoki) vajlarni tekshiradi, dalillar bilan tanishadi hamda hal qiluv qarorini qabul qiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.