Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 21 sentabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 12,62 so‘mga ko‘tarildi va 10 686,70 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 65,28 so‘mga pasaydi va 12 510,92 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,34 so‘mga pasaydi va 145,57 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,98 so‘mga pasayib, 10 674,08 so‘mni tashkil etgandi.