To‘y va oilaviy marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha ilgari belgilangan cheklovlar yumshatilib, 20 sentabrdan to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazilishiga ruxsat berildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Avvalroq, tomosha, madaniy-ko‘ngilochar, ommaviy tadbirlar va yig‘ilishlarni ochiq maydonlar hamda yopiq majmualarda o‘tkazishga ruxsat berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz 20 iyuldan yopiq binolarda o‘tkaziladigan oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarda 50 nafargacha mehmon qatnashishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Ochiq havoda esa 1 avgustgacha ishtirokchilar soni 100 nafargachani tashkil etishi mumkinligi aytilgan.