Jahon yangiliklari dayjesti
29 sentabr 2021, 20:42

Jahon yangiliklari dayjesti

Tunis tarixida ilk bor ayol kishining hukumat rahbari etib tayinlanishi, «Tolibon»ning Kobul va Nangarxorda IDga qarshi operatsiyani boshlagani, Fransiyada 2017 yildan buyon 650 ta islomiy tashviqot markazi yopilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin
29 sentabr 2021, 20:27

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari va «texpasport"larni yangilariga o‘zgartirish muddatini 2022 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirish taklif qilinmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Yaponiyada hukumat rahbari o‘zgaradi
29 sentabr 2021, 18:56

Yaponiyada hukumat rahbari o‘zgaradi

Yaponiyada sobiq tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida hukmron Liberal-demokratik partiyaga (LDP) yangi rahbar etib saylandi. U sobiq mudofaa vaziridan 87 ta ko‘p ovoz to‘plab, mamlakatning yuzinchi bosh vaziriga aylanish imkoniga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonda bir kun ichida ikki marta zilzila sezildi
29 sentabr 2021, 18:41

O‘zbekistonda bir kun ichida ikki marta zilzila sezildi

Chorshanba kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida kun davomida ikki marta zilzila sezildi. Zilzilaning epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan.

Qashqadaryoda qariyb 10 mlrd so‘m deputatlar ruxsatisiz sarflangan
29 sentabr 2021, 18:02

Qashqadaryoda qariyb 10 mlrd so‘m deputatlar ruxsatisiz sarflangan

Senat raisi Qashqadaryo viloyatida mahalliy budjetlarda qo‘shimcha shakllantirilgan 10 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar deputatlar ruxsatisiz sarflab yuborilganini tanqid qildi.

O‘zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik saytlari bloklandi
29 sentabr 2021, 17:47

O‘zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik saytlari bloklandi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi AOKA bilan birgalikda 10 dan ortiq bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi noqonuniy saytlarga kirishni chekladi.

Tojikiston va «Tolibon» bir-biriga tahdid qildi
29 sentabr 2021, 16:22

Tojikiston va «Tolibon» bir-biriga tahdid qildi

«Tolibon» birinchi marta Tojikistonga tahdid qildi. Avvalroq, Tojikiston hukumati qarshilik ko‘rsatilayotgan so‘nggi hudud — Panjsher viloyati toliblar tomonidan bostirilayotganini qoralagan edi. Ular, shuningdek, «bu mamlakatda zulm va ta’qiblar natijasida tuzilgan boshqa Afg‘oniston hukumatini» tan olmasliklarini bildirishdi. Ikki davlat chegarasidagi vaziyat og‘irlashmoqda.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
29 sentabr 2021, 16:22

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,30 so‘mga ko‘tarilib, 10 691,91 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Hududlarda 30 kg dan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi
29 sentabr 2021, 15:05

Hududlarda 30 kg dan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi

DXX xodimlari Toshkentda va bir qator viloyatlarda giyohvand moddalar savdosining bir nechta holatlariga chek qo‘ydilar. Qariyb 18 kg, jumladan, Amudaryo orqali chegarani noqonuniy kesib o‘tgan Afg‘oniston fuqarosidan 9 kg opiy topildi va musodara qilindi.

Ogohlantirishsiz gaz o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — «Hududgazta’minot»
29 sentabr 2021, 13:51

Ogohlantirishsiz gaz o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — «Hududgazta’minot»

«Hududgazta’minot» endilikda ogohlantirishsiz gaz o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, hozirda xonadonlarga 2 mln ga yaqin elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilgan va qarzdorlik haqida SMS-xabarnoma yuborilib, iste’molchiga 5 kun muddat beriladi.

“Superkontrakt”ning minimal miqdorlari belgilandi
29 sentabr 2021, 13:42

“Superkontrakt"ning minimal miqdorlari belgilandi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari (superkontrakt) tasdiqlandi.

Vaksina olgan sirtqi yoki kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalarga ham kontrakt to‘lovida 10%lik chegirma beriladi
29 sentabr 2021, 13:25

Vaksina olgan sirtqi yoki kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalarga ham kontrakt to‘lovida 10%lik chegirma beriladi

1 noyabrga qadar koronavirusga qarshi emlangan talabalarga 2021−2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz to‘lov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.

Toshkent viloyatida ota qizini zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Qiz homilador
29 sentabr 2021, 13:07

Toshkent viloyatida ota qizini zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Qiz homilador

Toshkent viloyatida 15 yoshli qizning onasi eri ikki yil davomida qizini zo‘rlab kelganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda qizi homilador. Bosh prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston 2022 yilda NKMKning 10 foizgacha aksiyalarini sotishi mumkin — bosh vazir o‘rinbosari
29 sentabr 2021, 12:56

O‘zbekiston 2022 yilda NKMKning 10 foizgacha aksiyalarini sotishi mumkin — bosh vazir o‘rinbosari

Hukumat Navoiy kon-metallurgiya kombinatini xususiylashtirishga tayyorgarlikni boshladi. 2022 yilda aksiyalarning 10 foizi sotilishi mumkin, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov.

Vengriyaning OTP Bank banki «Ipoteka-bank» davlat ulushining 75 foizini sotib oladi
29 sentabr 2021, 12:42

Vengriyaning OTP Bank banki «Ipoteka-bank» davlat ulushining 75 foizini sotib oladi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov «Ipoteka-bank» davlat ulushining 75 foizini Vengriyaning OTP Bank banki sotib olayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlarning birinchi qismini chorshanba kuni, qolganini esa ikki oy davomida imzolash rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev: «Prezidentlik — bu shunchaki lavozim»
29 sentabr 2021, 12:39

Shavkat Mirziyoyev: «Prezidentlik — bu shunchaki lavozim»

Shavkat Mirziyoyev Andijon saylovchilari bilan uchrashuvda besh yil ichida nimalarga erishdi, degan savolga: «Erkin, qo‘rquvsiz yashash», deb javob berdi. «Men ham insonman, prezidentlik bir lavozim, maqsadim xalqimga, O‘zbekiston, Andijon xalqiga xizmat qilish», — deya qo‘shimcha qildi u.

Bachadon bo‘yni saratoni skrining dasturi ishga tushirilmoqda
29 sentabr 2021, 12:37

Bachadon bo‘yni saratoni skrining dasturi ishga tushirilmoqda

Bachadon bo‘yni saratoni O‘zbekistonda ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan saraton kasalligi turi bo‘yicha ikkinchi, mazkur kasallik tufayli o‘lim holatlari bo‘yicha esa uchinchi o‘rinda turadi. U 90% hollarda odam papilloma virusi infeksiyasi bilan boshlanadi. Kasallikni erta tashxis qo‘yish va to‘g‘ri davolash orqali yengib o‘tish mumkin. Ikki viloyatda pilot skrining dasturi ishga tushirilmoqda.

Buxorodagi budjet tashkiloti ikki yil ichida 65 mlrd so‘mlik xaridlarni tendersiz amalga oshirdi
29 sentabr 2021, 12:16

Buxorodagi budjet tashkiloti ikki yil ichida 65 mlrd so‘mlik xaridlarni tendersiz amalga oshirdi

Buxoroda budjet tashkiloti qariyb 65 mlrd so‘m miqdoridagi xaridlarni tendersiz amalga oshirgani aniqlandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «Raqobat to‘g‘risida"gi qonunni buzganlik uchun ish ochdi.

«SamAvto» yangi avlod avtomobillarini ishlab chiqarishga o‘tmoqda
29 sentabr 2021, 11:51

«SamAvto» yangi avlod avtomobillarini ishlab chiqarishga o‘tmoqda

Samarqand avtomobil zavodi 729 avlod Isuzu yuk mashinalari va avtobuslarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi va ekologik standartdagi — 700P avlodiga ga o‘tadi. Eski avlod avtomobillari egalari uchun ehtiyot qismlari yaqin 10 yil ichida mavjud bo‘ladi.

Qashqadaryoda Lacetti`dagi gaz balloni yorildi
29 sentabr 2021, 10:35

Qashqadaryoda Lacetti`dagi gaz balloni yorildi

Chorshanba kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida Lacetti avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting