Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 30 sentabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 16,30 so‘mga ko‘tarildi va 10 691,91 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 4,07 so‘mga pasaydi va 12 472,11 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,06 so‘mga ko‘tarildi va 146,97 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,88 so‘mga ko‘tarilib, 10 675,61 so‘mni tashkil etgandi.