Yaponiyada sobiq tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida hukmron Liberal-demokratik partiyasi (LDP) lavozimiga saylandi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Fumio Kisida saylovlarning ikkinchi bosqichida 427 tadan 257 ta ovoz to‘pladi. Uning raqibi, sobiq mudofaa vaziri Taro Kono 170 ta ovoz oldi. Shunday qilib, Kisida LDP yangi raisi lavozimini egalladi va tez orada u Yaponiyaning yangi, yuzinchi bosh vaziri bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, caylovda Taro Kono va Fumio Kisidadan tashqari, avval bir qator vazirlik lavozimlarida ishlagan Sanae Takaiti va Seiko Noda ishtirok etgan. Lekin ular saylovning birinchi bosqichida yetarli ovoz to‘play olishmagan.

Yangi hukumat rahbarligiga nomzod 4 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament sessiyasida tasdiqlanadi.

LDP raisligiga saylovlar bosh vazir Yosixide Sugining vakolat muddati tugashi munosabati bilan o‘tkazilmoqda. U bu lavozimni o‘tgan yili Sindzo Abening to‘satdan iste’fosi tufayli egallagan edi. Suganing o‘zi bu yilgi saylovda qatnashishdan bosh tortdi. U bu qarorini o‘zining bosh vazir sifatidagi qolgan muddatini koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlash istagi bilan izohlagan.