O‘zbekiston hukumati Navoiy kon-metallurgiya kombinatini (NMKK) xususiylashtirishga tayyorgarlikni boshladi. 2022 yilda kompaniyaning 10 foizgacha aksiyalari sotilishi mumkin, deya ma’lum qildi bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov.

29 sentabr kuni Toshkentda «O‘zbekiston iqtisodiy forumi 2021» bo‘lib o‘tmoqda. Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida O‘zbekiston hukumati, xalqaro tashkilotlar va biznesning 300 ga yaqin vakillari ishtirok etmoqda.

Bosh vazir o‘rinbosari NKMKni xususiylashtirish juda qiyin vazifa ekanligini, buning uchun xalqaro konsultantlar jalb qilinganini ta’kidladi, biroq aynan kimlar ekanligini aytmadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil yanvar oyida prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z qarori bilan NKMKni qayta tashkil etish va uning negizida alohida davlat aktivlari — uranni qayta ishlash bo‘yicha «Navoiuran» davlat korxonasini va oltin va kumush ishlab chiqarish bo‘yicha NKMK AJni tashkil etishni ma’qullagan edi.