Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent shahar Kengashi ta’sis etildi
28 sentabr 2021, 13:52

Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent shahar Kengashi ta’sis etildi

Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, mahalliy davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish va «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish uning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

O‘zbekiston 8 oy davomida qariyb 15 mingta yengil avtomobil import qildi
28 sentabr 2021, 12:57

O‘zbekiston 8 oy davomida qariyb 15 mingta yengil avtomobil import qildi

Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga qiymati 316,6 mln dollarga teng bo‘lgan qariyb 15 mingta yengil avtomobil import qilindi. Avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4350 taga kamaygan.

«Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur» — Shavkat Mirziyoyev
28 sentabr 2021, 12:56

«Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ajratilayotgan pullarni adolatli ishlatilishi uchun jamoatchilik nazorati kerakligini ta’kidladi. «Chunki korrupsiya yo‘q desak yolg‘on bo‘ladi, korrupsiya ichimizda yuribdi. Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur», — dedi u.

O‘zbekistonda xorijiy davlatlar harbiy kadrlari tayyorlanadi
28 sentabr 2021, 11:50

O‘zbekistonda xorijiy davlatlar harbiy kadrlari tayyorlanadi

Prezident qarori bilan O‘zbekiston Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida xorijiy davlatlar harbiy kadrlari o‘qitiladi. Ular kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinadi.

Onix va Tracker ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga 427 mln dollardan ko‘proq mablag‘ ajratiladi
28 sentabr 2021, 10:42

Onix va Tracker ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga 427 mln dollardan ko‘proq mablag‘ ajratiladi

“O‘zavtosanoat” UzAuto Motors zavodi bazasida Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 427,7 mln dollar yo‘naltiradi. Loyihaning 2022 yil sentabrida ishga tushishi kutilmoqda.

27 sentabr kuni O‘zbekistonda 406 kishida koronavirus aniqlandi
28 sentabr 2021, 10:32

27 sentabr kuni O‘zbekistonda 406 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 406 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, dushanba kuni 37 kishida pnevmoniya qayd etildi, 2 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Ikkinchi fuqarolik haqida xabar bermaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
28 sentabr 2021, 10:21

Ikkinchi fuqarolik haqida xabar bermaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Ikkinchi fuqarolikni olgan shaxslarga davlat organlariga xabar bermaganligi uchun javobgarlik belgilanishi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «qonunchilikdagi bo‘shliq»ni bartaraf etishga qaratilgan qonun loyihasini ma’qulladi.

Namanganda «Yangi O‘zbekiston» bog‘i va «Yangi Namangan» shaharchasi quriladi
28 sentabr 2021, 09:56

Namanganda «Yangi O‘zbekiston» bog‘i va «Yangi Namangan» shaharchasi quriladi

Namangan viloyatida «Yangi O‘zbekiston» bog‘ini qurish rejalashtirilmoqda. U Toshkent viloyatida barpo qilingani kabi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ifodalovchi daraxtning beshta shoxi ko‘rinishida bunyod etiladi. Shuningdek, «Yangi Namangan» shaharchasini qurish ham rejalashtirilmoqda.

«Hali ular hayotni bilmaydi-ku» — Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka boshqa nomzodlar haqida
28 sentabr 2021, 09:22

«Hali ular hayotni bilmaydi-ku» — Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka boshqa nomzodlar haqida

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida har kuni raqiblardan ham ko‘p narsa o‘rganishi kerakligini aytib o‘tdi. U boshqa nomzodlarning hayotni bilmasligini, bu bilan ularni yomonlash niyati yo‘qligini ta’kidladi.

Surxondaryoda Lacetti haydovchisi YPX xodimini mashina kapotida haydab ketdi
27 sentabr 2021, 22:54

Surxondaryoda Lacetti haydovchisi YPX xodimini mashina kapotida haydab ketdi

Qumqo‘rg‘on tumanida Lacetti haydovchisi YPX xodimi iltimosiga bo‘ysunmasdan, uni kapotda 3 km dan oshiq masofaga haydab ketdi. Huquqbuzarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

27 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 sentabr 2021, 21:30

27 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvi, talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilanishi, Abdulaziz Kamilovning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi ishtiroki — “Gazeta.uz"ning 27 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 sentabr 2021, 20:48

Jahon yangiliklari dayjesti

Yevropa Ittifoqining 2 mingdan ortiq muhojirni Belarusga chiqarib yuborishga harakat qilgani, «Tolibon»ning erkaklarga soqol olishni taqiqlagani, Kritdagi kuchli zilzila va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Mobil telefon importi to‘rt barobarga o‘sdi
27 sentabr 2021, 20:14

Mobil telefon importi to‘rt barobarga o‘sdi

Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga xorijdan 1,6 mln dona mobil telefon import qilindi. Toshkentga 1,56 mln, Qoraqalpog‘istonga esa 2 dona telefon import qilingan.

Enter Engineering nemis konserni ThyssenKrupp bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi
27 sentabr 2021, 19:00

Enter Engineering nemis konserni ThyssenKrupp bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi

O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu loyihada yangi ish o‘rinlarini yaratish, mamlakatdagi kon manbaalarini takomillashtirish va energiya quvvatini tejash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

Surxondaryo hokimi Termizda Afg‘onistonning Balx viloyati gubernatori bilan uchrashdi
27 sentabr 2021, 18:42

Surxondaryo hokimi Termizda Afg‘onistonning Balx viloyati gubernatori bilan uchrashdi

Afg‘on tomoni tashabbusi bilan Termizad O‘zbekiston va Afonistonning chegaradosh hududlari rahbarlari uchrashdi. Unda Afg‘onistonga import mollarining tranzit tashuvi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Afg‘oniston endi mintaqa davlatlari va xalqaro hamjamiyat uchun xavf tug‘dirmasligi kerak — O‘zbekiston TIV
27 sentabr 2021, 18:20

Afg‘oniston endi mintaqa davlatlari va xalqaro hamjamiyat uchun xavf tug‘dirmasligi kerak — O‘zbekiston TIV

Dunyo davlatlari uchun ustuvor vazifa Afg‘onistonni iqtisodiy tusdagi mintaqaviy integratsiya jarayonlariga yanada faol jalb qilish, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish bo‘lib qolishi kerak. O‘zbekiston TIV Abdulaziz Kamilov Turkiya Kengashi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ushbu fikrlarni bildirdi.

«Buncha katta bordyur qilib nima qilasan?» Prezident — Toshkentdagi mahallalarning asfaltlanishi haqida
27 sentabr 2021, 18:01

«Buncha katta bordyur qilib nima qilasan?» Prezident — Toshkentdagi mahallalarning asfaltlanishi haqida

Shavkat Mirziyoyev xalqning puli samarasiz sarflanayotgani, hali o‘g‘riliklar va korrupsiya ko‘pligini ta’kidladi. U poytaxt mahallalarini asfaltlashtirishni misol qilib keltirdi. «Yo‘llarga katta qilib yarim metrli bordyur qilyapti. Baraka topgur, mashinalar poyga o‘ynaydimi, buncha katta qilib, bordyur qilib nima qilasan?» — dedi prezident. Toshkentliklar bir necha oylardan buyon shu kabi bordyurlardan shikoyat qilib kelmoqda.

O‘zbekistonlik mutaxassislar Vengriyada «Paksh-2» AES qurish tajribasini o‘rganadilar
27 sentabr 2021, 17:42

O‘zbekistonlik mutaxassislar Vengriyada «Paksh-2» AES qurish tajribasini o‘rganadilar

Energetika vazirligi va «O‘zatom» agentligi xodimlari Vengriyada «Paksh-2» atom elektr stansiyasini qurish tajribasini o‘rganadilar. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik abituriyentlarni Budapesht texnika va iqtisodiyot fanlari universiteti va Dunauyvarosh universitetida grant asosida o‘qitish rejalashtirilmoqda.

1 oktabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
27 sentabr 2021, 16:39

1 oktabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

«Tonirovka»ga ruxsatnomaning faqat my.gov.uz orqali berilishi, eng yaxshi loyihalar uchun yoshlarga 54 mln so‘mgacha grant mablag‘larining berilishi, eksportyor korxonalarga $5 mlngacha bir martalik moliyaviy resurslarning taqdim etilishi, alkogol va tamaki mahsulotlarining ayrim turlariga soliq stavkalarining oshirilishi — 1 oktabrdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Dollarning rasmiy kursi uch kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarildi
27 sentabr 2021, 16:38

Dollarning rasmiy kursi uch kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 15,67 so‘mga ko‘tarilib, 10 665,73 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting