“O‘zavtosanoat” kompaniyasi UzAuto Motors zavodi bazasida Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 427,7 mln dollar yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Loyihaning 2022 yil sentabrida ishga tushishi, quvvatining yiliga 190 ming avtomobilga teng bo‘lishi kutilmoqda.

Ushbu raqamlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi e’lon qilgan 2022−2024 yillarda O‘zbekistonning investitsiya dasturi to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasida keltirilgan.

Bundan tashqari, UzAuto Motors Powertrain zavodida yangi avtomobil modellari uchun har yili 185 mingta dvigatel ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 2020−2023 yillarda 190,8 mln dollar ajratish belgilangan.

“Gazeta.uz” mart oyida 2022 yilning to‘rtinchi choragidan Onix, joriy yil to‘rtinchi choragidan boshlab esa yangilangan Tracker avtomobilini mahalliylashtirish (avvalroq lokalizatsiya darajasini 60 foizga yetkazish rejalari haqida xabar qilingan edi) rejalashtirilayotgan haqida xabar bergan edi.

UzAuto Motors sobiq bosh direktor v. b. Rustam Rajabov Onix O‘zbekistondan 9−12 ming dollardan sotilishini ma’lum qilgan edi. Fevralda esa Braziliyadan O‘zbekistonga Onix avtomobilining sinov namunalari olib kelindi.