Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi

Ijarada yashayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjetidan qoplab berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, OTMning faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talablarga ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish o‘quv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi.

Futbol: O‘zbekiston terma jamoasi Malayziya va Iordaniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

oktabr oyidagi milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Malayziya va Iordaniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Afg‘oniston bilan chegarada o‘zbek askari halok bo‘ldi — prezident

Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida kecha davlat chegarasini buzib o‘tishga urinish bo‘lganligini ma’lum qildi. “Kechagi vaziyatda ham o‘z vazifasini sharaf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarcha halok bo‘ldi. U shu yurt farzandi — namanganlik edi”, — dedi prezident.

Demokratiyani har bir davlat o‘zicha tushunadi — Shavkat Mirziyoyev

“Demokratiyani har bir davlat o‘zicha tushunadi. Mana, Afg‘onistondagi holat hammamizga saboq bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida.

2 mln dan ortiq fuqaro haydovchilik guvohnomasini o‘zgartirmagan — DXA

DXA ma’lumotlariga ko‘ra, 3,6 mln haydovchi eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga o‘zgartirgan. 2 mln ndan ortiq kishi esa hali ham o‘zgartirmagan. Agentlik navbatlarning oldini olish uchun yaratilgan qulayliklarni yana bir bor eslatib o‘tdi.

1 oktabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

“Tonirovka"ga ruxsatnomaning faqat my.gov.uz orqali berilishi, eng yaxshi loyihalar uchun yoshlarga 54 mln so‘mgacha grant mablag‘larining berilishi, eksportyor korxonalarga $5 mlngacha bir martalik moliyaviy resurslarning taqdim etilishi, alkogol va tamaki mahsulotlarining ayrim turlariga soliq stavkalarining oshirilishi — 1 oktabrdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

O‘zbekistonlik mutaxassislar Vengriyada “Paksh-2” AES qurish tajribasini o‘rganadilar

Energetika vazirligi va “O‘zatom” agentligi xodimlari Vengriyada “Paksh-2” atom elektr stansiyasini qurish tajribasini o‘rganadilar. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik abituriyentlarni Budapesht texnika va iqtisodiyot fanlari universiteti va Dunauyvarosh universitetida grant asosida o‘qitish rejalashtirilmoqda.

“Buncha katta bordyur qilib nima qilasan?” Prezident — Toshkentdagi mahallalarning asfaltlanishi haqida

Shavkat Mirziyoyev xalqning puli samarasiz sarflanayotgani, hali o‘g‘riliklar va korrupsiya ko‘pligini ta’kidladi. U poytaxt mahallalarini asfaltlashtirishni misol qilib keltirdi. “Yo‘llarga katta qilib yarim metrli bordyur qilyapti. Baraka topgur, mashinalar poyga o‘ynaydimi, buncha katta qilib, bordyur qilib nima qilasan?” — dedi prezident. Toshkentliklar bir necha oylardan buyon shu kabi bordyurlardan shikoyat qilib kelmoqda.

Afg‘oniston endi mintaqa davlatlari va xalqaro hamjamiyat uchun xavf tug‘dirmasligi kerak — O‘zbekiston TIV

Dunyo davlatlari uchun ustuvor vazifa Afg‘onistonni iqtisodiy tusdagi mintaqaviy integratsiya jarayonlariga yanada faol jalb qilish, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish bo‘lib qolishi kerak. O‘zbekiston TIV Abdulaziz Kamilov Turkiya Kengashi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ushbu fikrlarni bildirdi.

Surxondaryo hokimi Termizda Afg‘onistonning Baxl viloyati gubernatori bilan uchrashdi

Afg‘on tomoni tashabbusi bilan Termizad O‘zbekiston va Afonistonning chegaradosh hududlari rahbarlari uchrashdi. Unda Afg‘onistonga import mollarining tranzit tashuvi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatini qanday amalga oshirishi mumkinligi haqida

Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde “Gazeta.uz” ga taqdim etgan maqolasida ish o‘rinlarining o‘sishiga, iqtisodiy o‘zgarish jarayonlarini tezlashtirishga va O‘zbekiston fuqarolarining farovonligini oshirishga yordam beradigan to‘rt yo‘nalishda chuqur islohotlar zarurligi haqida yozadi.

“Ayollarga qo‘lidan hech narsa kelmaydigan odamdek qarashlari yoqmaydi”. Viloyatdan poytaxtga kelgan qizlar bilan suhbat (2-qism)

“Gazeta.uz” O‘zbekistonning turli hududlaridan Toshkentga kelib o‘qiyotgan va turli sohalarda faoliyat olib borayotgan hamda jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan qizlar bilan suhbatning 2-qismini havola qiladi. Qizlar poytaxtdagi qiyinchiliklar, o‘z yo‘llarini topishdagi ikkilanishlar va jamiyatda xotin-qizlarga bo‘lgan munosabatlar haqida so‘zlab berishdi.