Yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 22 ta xorijiy davlatdan umumiy qiymati 316,6 mln dollarga teng bo‘lgan qariyb 15 mingta yengil avtomobillar import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4350 taga kamayganligi aytilmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan 8 oy davomida eng ko‘p yengil avtomobillar import qilingan davlatlar:

  • Xitoy — 4 652 ta
  • Koreya — 3 597 ta
  • Rossiya — 2 952 ta
  • Qozog‘iston — 1 744 ta
  • Polsha — 811 ta
  • Litva — 427 ta
  • AQSh — 331 ta
  • Tailand — 250 ta
  • Germaniya — 81 ta
  • Yaponiya — 64 ta
  • Turkiya — 25 ta

Shuningdek, avgust oyida mamlakatga xorijdan 69 ta elektromobil import qilinganligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga qiymati 258,3 mln dollarga teng bo‘lgan jami 12,2 mingta yengil avtomobillar import qilingan edi.