27 sentabr kuni O‘zbekistonda 406 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 172 899 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 167 700 (+501) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1230 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, dushanba kuni 37 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 27 017 nafarga yetdi.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 227 nafarga yetdi.