O‘zbekistonning amaldagi prezidenti, O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida korrupsiyaga qarshi kurashish haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda O‘zLiDeP axborot xizmati xabar berdi.

«Men har biringizning ko‘zingizga qarab turibman, o‘zimga yarasha psixologman. Oldingidek hech kim sizlarni majburlab kirib qarsak chaldirmayapti. Men erta-yu kech bir narsani o‘ylayman — oyog‘im yerdan uzilmasin, atrofimdagilar meni aldamasin, vaziyatni o‘zim baholay», — deydi prezident.

U ajratilayotgan pullarni adolatli ishlatilishi uchun jamoatchilik nazorati kerakligini ta’kidladi.

«Chunki korrupsiya yo‘q desak yolg‘on bo‘ladi, korrupsiya ichimizda yuribdi. Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur», — deya qo‘shimcha qiladi Shavkat Mirziyoyev.