Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 28 sentabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 15,67 so‘mga ko‘tarildi va 10 665,73 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 22,15 so‘mga pasaydi va 12 475,70 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,90 so‘mga ko‘tarildi va 146,98 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,94 so‘mga pasayib, 10 650,06 so‘mni tashkil qilgandi.