Markaziy Osiyo bozori bo‘yicha eng yirik EPC pudratchi, Rossiyadagi bu sohadagi yetakchilaridan biri hisoblangan Enter Engineering va Germaniyaning yirik sanoat konserni ThyssenKrupp AG o‘rtasida kelishuv bitimi imzolanganligi e’lon qilindi.

50 mln yevro qiymatga ega bo‘lgan ushbu kelishuv Tebinbuloq titan-magnit rudalari koni bazasida integratsiyalashtirilgan kon-metallurgiya majmuasini qurish loyihasini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Ikki tomon, shuningdek, loyiha bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini boshlash to‘g‘risida bitimni, jumladan yuqori texnologiyali uskunalarni yetkazib berish, loyihalashtirish, montaj jarayoni davomida nazorat qilish va obyektda ishga tushirish nazarda tutilgan shartnomani imzoladilar.


Valli presslarda yuqori bosim ostida maydalashning innovatsion texnologiyasini (High-Pressure Grinding Rolls) qo‘llash orqali kon obyektida yiliga 60 mln tonna temir rudasini qayta ishlash va energiya quvvati sarfini sezilarli darajada kamaytirishga erishish mumkin.

«Biz ThyssenKrupp AG kabi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilishdan benihoya mamnunmiz. Avvalo shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, mamlakatimizning metallurgiya sanoatida nemis standartlarini qo‘llash orqali yuqori sifatli xom-ashyo bazasini yaratishga muvaffaq bo‘lamiz. Ushbu loyiha, Enter Engineering kompaniyasi erishishga intilib kelayotgan barcha maqsadlarni o‘zida mujassam etgan: bu tashqi bozorda respublikaning milliy manfaatlarini himoya qilish, o‘zbek iste’molchilarining manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishdir», — ta’kidlab o‘tdi Enter Engineering kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Baxtiyor Fozilov.

Enter Engineering tomonidan amalga oshiriladigan qurilish ishlarining muddati — ikki yilni tashkil etib, zavod 2023 yilning sentabr oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.

«Bugungi kunda, tog‘-kon sanoati sohasida 140 tadan ortiq HPGR uskunalari sotuvi amalga oshirilgan. ThyssenKrupp nemis brendiga xos yuqori sifat va ishonchlilikni amalda tasdiqlagan holda MDH mamlakatlari hududida bu turdagi texnologiyalardan foydalanuvchi tog‘-kon kompaniyalari tanlovi doirasida yetakchilik qilib kelmoqda», — dedi Yevroosiyo mintaqalari, shu jumladan MDH va Xitoy bo‘ylab kon qazilmalarini boyitish texnologiyalari bo‘yicha ThyssenKrupp kompaniyasining vitse-prezidenti Reza Purvash.

«Muhandislik qurilishlari bo‘yicha yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan va bu borada boy tajribaga ega bo‘lgan Enter Engineering singari O‘zbekistonda dongdor kompaniya bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz.

Hozirgi kunda bu eng tejamkor va innovatsion texnologiyalardan biri bo‘lib, energiya quvvati sarfini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Ushbu texnologiyani ilk bora 1985 yilda sement sanoatida, 1986 yildan boshlab esa tog‘-kon sanoatidagi maydalash jarayonida qo‘llab, mahsulotning yuqori darajada mayda donadorligini ta’minlashga erishib kelinmoqda. Shu o‘rinda, ushbu texnologiyaning to‘liq integratsiyalashuvi 4.0 Sanoati doirasida muhim ahamiyat kasb etishini ham ta’kidlab o‘tish joiz", — qayd etdi MDH mamlakatlari bo‘ylab kon qazilmalarini boyitish texnologiyalari bo‘yicha ThyssenKrupp mintaqaviy direktori Roman Karl.

Metallurgiya majmuasi O‘zbekiston uchun o‘zining multiplikatsiya ta’siri bilan ulkan ahamiyatga ega. Uning sharofati bilan chekka tumanlarda nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratiladi, balki, mahalliy temir rudasi ishlab chiqarish sanoati rivojlanishi o‘sadi va shu orqali mamlakatda mavjud metallurgiya majmualarini xom-ashyo bilan to‘liq ta’minlash imkoniyati tug‘iladi. Shuningdek, ushbu majmua infratuzilmani rivojlantirish, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni yaratish va mamlakatlararo savdo hajmini oshirishga ham xizmat qiladi.


Tebinbuloq koni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismi, ya’ni Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak viloyatida joylashgan. Maydoni 5,2 kv. km bo‘lib, taxminiy hayot davri 27 yilni tashkil etadi.

Enter Engineering va ThyssenKrupp o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yuqori darajada, ya’ni hukumatlar miqyosida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Kelishuvni imzolash marosimida O‘zbekiston Energetika vaziri Alisher Sultonov ishtirok etdi. Energetika vazirligi eskirayotgan ishlab chikarish tarmoqlarini yangi, energiya quvvatini tejaydigan texnologiyalarga o‘tkazishga asoslangan milliy miqyosdagi sa’y-harakatlarda faol ishtirok etadi.

Marosimda Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi faavqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner ham ishtirok etdi.

«Bu juda muhim voqea. Bugun imzolangan strategik loyihaning shartnomasi Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanayotgani ramzidir. Germaniya va ThyssenKrupp kabi yirik nemis kompaniyalari ushbu muhim ish debochasida texnologik hamkor sifatida ishtirok etayotgani bilan benihoya faxrlanadi.

Boyitish zavodi, Tebinbuloq kon-boyitish majmuasi tarkibiga kiradi, ushbu yangi loyiha O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lgan Enter Engineering bilan birgalikda amalga oshiriladi. 2016 yildan boshlab O‘zbekistondagi islohotlar jarayoni o‘zining ajoyib natijalarini namoyon etib kelmoqda va ushbu loyiha ham mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni yanada rivojlanishi uchun xizmat qilishiga ishonaman", — ta’kidlab o‘tdi Tilo Klinner.

Reklama huquqlari asosida.