“Olmaliq KMK”dan 117,5 mln so‘mlik qimmatbaho metallarni o‘g‘rilashga uringan shaxslar ushlandi
7 mart 2022, 10:30

“Olmaliq KMK"dan 117,5 mln so‘mlik qimmatbaho metallarni o‘g‘rilashga uringan shaxslar ushlandi

DXX fuqaro “Olmaliq KMK” ishchilari bilan kelishib, kiyim almashtirish xonasiga tarkibida 117,5 mln so‘mlik qimmatbaho metallar bo‘lgan 4,4 kg sanoat qumlarini yashirib qo‘yganini aniqladi. Gumondorning o‘zi kombinatning qo‘riqlash xizmatiga ishga kirish uchun suhbatga kelgan vaqtida qo‘lga olingan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2022 yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 21% ga qisqarishi kutilmoqda — Jahon banki
7 mart 2022, 10:09

2022 yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 21% ga qisqarishi kutilmoqda — Jahon banki

Jahon bankining yangilangan prognozlariga ko‘ra, 2022 yilda Markaziy Osiyo mintaqasiga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 25% ga qisqarishi kutilmoqda. Mazkur tendensiya Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi siyosiy ziddiyatlar sabab Rossiyada iqtisodiy faollikning pasayishi va rubl kursining keskin qulashi bilan izohlangan. O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 2022 yilda 21% ga qisqarishi kutilmoqda.

Poytaxt ko‘chalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi berilishi mumkin
7 mart 2022, 10:08

Poytaxt ko‘chalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi berilishi mumkin

Toshkent ko‘chalaridan biriga Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomi berilishi kutilmoqda. Mazkur nom ostidagi ko‘cha avval ham bo‘lgan, u 2011 yilda Zarafshon ko‘chasi etib o‘zgartirilgandi.

5 nafar o‘zbekistonlik yuk tashuvchi Ukraina-Rossiya chegarasida qolib ketdi
7 mart 2022, 09:54

5 nafar o‘zbekistonlik yuk tashuvchi Ukraina-Rossiya chegarasida qolib ketdi

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Ukrainaning Sumi, Xarkov viloyatlari hamda «Nexoteyevka» neytral hududida bo‘lgan 12 nafar yuk tashuvchini Rossiyaga kirishida yordam ko‘rsatdi. Yana 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi 4 ta yuk mashinasida Ukraina chegarasi chizig‘idan uzoqroq masofada qolib ketdi.

Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri etib tayinlandi
6 mart 2022, 17:13

Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri etib tayinlandi

Polkovnik Orinbayev Amanbay Tleubayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Amanbay Orinbayev IIV JXD Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Rossiyaning yana ikki aviakompaniyasi O‘zbekistonga reyslarni to‘xtatdi
6 mart 2022, 16:33

Rossiyaning yana ikki aviakompaniyasi O‘zbekistonga reyslarni to‘xtatdi

Rossiyaning Smartavia va iFly aviakompaniyalari O‘zbekiston shaharlariga parvozlar to‘xtatilganini ma’lum qildi. Jumladan, iFly 5 martdan boshlab kompaniya mamlakatga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha barcha rejali reyslarni noma’lum muddatga to‘xtatadi. Bekor bo‘lgan reyslarda uchishni rejalashtirganlarga chipta xarid qilgan aviakassalariga murojaat qilishlari tavsiya etildi.

Prezident Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayol-qizlarni mukofotladi
6 mart 2022, 14:20

Prezident Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayol-qizlarni mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat va jamiyat hayotida faol bo‘lgan bir guruh ayol-qizlarni turli unvon, orden va medallar bilan mukofotladi. Ular orasida tadbirkor, o‘qituvchi, san’at sohasi vakillari, hokim va prokuror lavozimida faoliyat yuritayotgan ayollar bor. Shuningdek, 28 nafar ayol-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

5−6 mart kunlari 440 nafar o‘zbekistonlik Ukrainadan evakuatsiya qilindi
6 mart 2022, 12:20

5−6 mart kunlari 440 nafar o‘zbekistonlik Ukrainadan evakuatsiya qilindi

28-fevraldan 5-martga qadar Ukrainadan Polsha orqali jami 3 685 nafar o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi. Polsha hududida 850 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qolayotgani aytilmoqda.

Visa va Mastercard Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatmoqda
6 mart 2022, 12:06

Visa va Mastercard Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatmoqda

Visa va Mastercard xalqaro to‘lov tizimlari Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatishlarini e’lon qildi. Agar ushbu tizimlarning kartalari Rossiyada chiqarilgan bo‘lsa, ular faqatgina mamlakat hududida ishlaydi. Biroq boshqa mamlakatlarda va xorijiy onlayn do‘konlarda ishlamaydi. Shuningdek, Rossiyadan tashqaridagi banklar chiqargan kartalar ushbu mamlakatda qabul qilinmaydi.

Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha komissiya tashkil etilmoqda
5 mart 2022, 22:55

Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha komissiya tashkil etilmoqda

Toshkentda jamoatchilik vakillari ham a’zo bo‘lgan Yo‘l harakati xavfsizligi komissiyasini tuzish rejalashtirilmoqda. Birinchi o‘rinda Vision Zero (nol o‘lim) konsepsiyasi asosida YTHlarda jarohatlanish va o‘lim holatlarini kamaytirish bo‘yicha dastur qabul qilinadi. Yagona organ — Yo‘l harakatini tashkil etish markazini tuzish ham ko‘zda tutilgan.

«Aeroflot», S7 va Smartavia xalqaro aviareyslarni bekor qildi
5 mart 2022, 21:21

«Aeroflot», S7 va Smartavia xalqaro aviareyslarni bekor qildi

Rossiyaning «Aeroflot», S7 Airlines va Smartavia aviakompaniyalari xalqaro reyslar to‘xtatilganini ma’lum qildi. Ular bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonnning bir qator shaharlariga parvozlarni amalga oshirar edi.

Ukrainadan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi — TIV
5 mart 2022, 18:29

Ukrainadan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi — TIV

5 martga qadar 14 ta aviareys bilan 3245 nafar o‘zbekistonlik Polsha orqali Ukrainadan evakuatsiya qilindi. Diplomatlar jang ketayotgan hududlardan ham fuqarolarni olib chiqishga harakat qilmoqda. Jumladan, hozirda Sumi viloyatidan 25 nafar talabani evakuatsiya qilish uchun «yashil yo‘lak» ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Polsha chegarasida uch nafar o‘zbekistonlik avariyaga uchradi, ulardan biri vafot etdi
5 mart 2022, 15:37

Polsha chegarasida uch nafar o‘zbekistonlik avariyaga uchradi, ulardan biri vafot etdi

Ukrainadan Polsha chegarasiga kiraverishda uch nafar o‘zbekistonlik yo‘l transport hodisasiga uchradi. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanovning ma’lum qilishicha, ulardan biri vafot etgan, qolgan ikki nafari esa Lvovdagi shahar kasalxonasiga yotqizilgan.

Uchquduq tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
5 mart 2022, 15:21

Uchquduq tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Antikorrupsiya agentligi Uchquduq tuman hokimining sobiq o‘rinbosari va boshqalar 33 nafar fuqaroni «Yo‘lchilar», «Ko‘kpatas» va «Ko‘kayaz» mahallalarida 3 yil davomida yashaganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ulardan 25 nafari OTMga davlat granti asosida kirishiga sababchi bo‘lganini ma’lum qildi. Davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgani uchun mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Rossiya O‘zbekistondan pomidor va qalampir olib kirishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi
5 mart 2022, 14:56

Rossiya O‘zbekistondan pomidor va qalampir olib kirishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi

Rosselxoznadzor 2020 yildan beri amalda bo‘lgan taqiqni bekor qilib, Rossiyaga 9 ta davlat qatorida O‘zbekistondan ham pomidor va qalampirni olib kirishga ruxsat berdi.

«Umidani chaqiring». Ayollarni ko‘cha ta’qibidan himoya qilish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi
5 mart 2022, 12:45

«Umidani chaqiring». Ayollarni ko‘cha ta’qibidan himoya qilish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi

Toshkentda «Umidani chaqiring» ijtimoiy loyihasiga start berildi. Bu ibora bilan ko‘cha ta’qibiga uchragan har qanday qiz yoki ayol ovqatlanish shoxobchalari, do‘konlar va boshqa muassasalarga yordam so‘rab murojaat qilishlari mumkin. Loyiha BMT taraqqiyot dasturining tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.

Samarqandda «Madaniyat markazi» binosining tomi kuchli shamolda qulab tushdi
5 mart 2022, 11:31

Samarqandda «Madaniyat markazi» binosining tomi kuchli shamolda qulab tushdi

Kattaqo‘rg‘on shahrida kuzatilgan kuchli shamol tufayli Madaniyat va istirohat bog‘idagi «Madaniyat markazi» hamda «Go‘zalkent» mahallasidagi turar-joy binolarining tomi qulab tushdi. Buning oqibatida avtomobillarga ham zarar yetgan.

Migrantlarning qaramog‘idagi ayrim fuqarolarga 540 ming so‘mdan bir martalik yordam beriladi
5 mart 2022, 10:40 4

Migrantlarning qaramog‘idagi ayrim fuqarolarga 540 ming so‘mdan bir martalik yordam beriladi

Prezident qarori bilan boquvchisi xorijga ishlashga ketgan va «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» ro‘yxatida turgan fuqarolarga 540 ming so‘mdan bir martalik yordam beriladi. Ularning nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravasi, eshitish apparati va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun 1,3 mln so‘mdan yordam ham ko‘rsatiladi. Qolaversa, daftarlardan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi bilan ishlashga ketganlarga 10 mln so‘mgacha mikroqarz taqdim etiladi.

Nima tayyorlaymiz: yengil salatlar
5 mart 2022, 10:25

Nima tayyorlaymiz: yengil salatlar

«Smak», loviyali, maroqandcha, meksikancha, ozdiruvchi, qisqichbaqa tayoqchalaridan tayyorlanadigan, tovuq go‘shti va makkajo‘xorili — Zira.uz yengil salatlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Rossiya Facebook va Twitter`ni bloklashni boshladi
5 mart 2022, 09:58

Rossiya Facebook va Twitter`ni bloklashni boshladi

Roskomnadzor «Rossiya OAVlari diskriminatsiyasi» tufayli Facebook ijtimoiy tarmog‘iga kirishni bloklashni boshladi. Twitter ham taqiq ostida qoldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting