DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligidagi tezkor tadbirda aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, olmaliqlik fuqaro X.F “Olmaliq KMK” AJning bir guruh ishchilari bilan kelishib, “Oltin va kumushni afinajlash sexi"ning kiyim almashtirish xonasiga qimmatbaho metall — sanoat qumlarini yashirib qo‘ygan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ushbu yacheykaning pastki qismida qo‘lqopda joylashtirilgan umumiy og‘irligi 4 kg 435 gr sanoat mahsuloti — shlamni topgan va protsessual tarzda rasmiylashtirgan.

Laboratoriya tahlili natijalariga ko‘ra, ushbu sanoat qumlari tarkibida umumiy narxi 117,5 mln so‘mlik 160,5 gr qimmatbaho metallar mavjudligi aniqlangan.

Fuqaro X.F.ning o‘zi esa Chirchiq shahrida “Olmaliq KMK” AJning qo‘riqlash xizmatiga bo‘lib o‘tayotgan qabulga qatnashish uchun kelgan va o‘sha paytda qo‘lga olingan, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.