4 martdan 5 martga o‘tar kechasi Samarqanddagi Madaniyat va istirohat bog‘idagi «Madaniyat markazi» binosining tomi uchib ketdi. Bu haqda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bu o‘sha vaqtda tumanda kuzatilgan kuchli shamol oqibatida yuzaga kelgan va «Go‘zalkent» mahallasidagi turar-joy binosi tom qismiga ham zarar yetgan.


Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahridagi «Vatanparvar» mahallasi va ayrim ko‘chalardagi ko‘pqavatli binolarning tomi va yaqin atrofdagi avtomobillarga ham zarar yetgan.

Shahar hokimligi mas’ul rahbarlaridan iborat guruh ta’mirlash ishlarini boshlab yuborgani ma’lum qilindi. Jabrlangan va jarohat olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Gazeta.uz» dam olish kunlari respublikada yog‘ingarchilik bo‘lishi, chang to‘zoni kuzatilish ehtimoli borligi haqida ham xabar bergandi.

Shuningdek, O‘zbekistonda 5−9 mart kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi tufayli 9 ta viloyatning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilingandi.