Toshkent viloyatida voyaga yetmagan qizga nojo‘ya SMSlar yozgan 59 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi
4 mart 2024, 10:34

Toshkent viloyatida voyaga yetmagan qizga nojo‘ya SMSlar yozgan 59 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi

Yuqori Chirchiq tumanida 12 yoshli qizga SMS xabarlar yozib, shahvoniy shilqimlik qilib kelgan 59 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi.

AQShga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
3 mart 2024, 16:55

AQShga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

AQShga asosan Meksika orqali noqonuniy ravishda ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. “Bu shunchaki reklama. Kasallik orttirib qaytasiz. Hammasi yolg‘on”, — dedi qaytganlardan biri.

USTDA Jizzaxda raqamli suv boshqaruvi loyihasini yakunladi
3 mart 2024, 16:32

USTDA Jizzaxda raqamli suv boshqaruvi loyihasini yakunladi

Amerikaning “Nobel Systems” kompaniyasi va “O‘zsuvta’minot” hamkorligidagi “Digital Twin” raqamli loyihasi yakunlandi. Buning uchun AQSh Savdo va taraqqiyot agentligi 430 ming dollar grant mablag‘i ajratgan. Raqamli suv boshqaruvi loyihasi ikki yil davomida Jizzax shahrining uchta mahallasida amalga oshirildi.

Toshkent viloyatidagi maktabda Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazildi
3 mart 2024, 14:10

Toshkent viloyatidagi maktabda Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazildi

Zangiota tumani 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan janjalni bartaraf etmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazildi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda daraxtlarni kesish uchun jarima miqdori sezilarli darajada oshirildi
3 mart 2024, 11:12

O‘zbekistonda daraxtlarni kesish uchun jarima miqdori sezilarli darajada oshirildi

Shavkat Mirziyoyev daraxtlarni kesish uchun jarima miqdorini 5 barobarga oshiruvchi qonunni imzoladi. Har bir kesilgan daraxt o‘rniga 100 tupdan ko‘chat ekish majburiyati, yuridik shaxslarga 102 million so‘mgacha alohida jarimalar belgilandi. Prezident avvalroq jarima miqdori pastligi sababli qonunni rad etgan edi.

Bolalar ombudsmaniga qo‘shimcha majburiyat va vakolatlar berildi
3 mart 2024, 10:01

Bolalar ombudsmaniga qo‘shimcha majburiyat va vakolatlar berildi

Bolalar ombudsmaniga rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi berildi. Shuningdek, bolalarga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalari Bola huquqlari bo‘yicha vakil bilan kelishilishi majburiy bo‘ldi.

O‘zbekiston 11 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
3 mart 2024, 09:41

O‘zbekiston 11 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston hukumati Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish doirasida 11 davlat bilan muzokaralarni yakunladi, ulardan 9 tasi bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollarni imzoladi.

O‘zbekistonda fevral oyida inflyatsiya 0,32 foizni tashkil etdi, yillik inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi
2 mart 2024, 15:45

O‘zbekistonda fevral oyida inflyatsiya 0,32 foizni tashkil etdi, yillik inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi

O‘zbekistonda fevralda so‘nggi sakkiz yildagi eng past — 0,3 foizlik inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi. Statistika agentligiga ko‘ra, deyarli barcha asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashdi, benzin o‘rtacha 1,1 foizga qimmatladi, maishiy texnika narxlari oshdi.

O‘zbekistonda AQSh ko‘magida Yashil vodorod xabi tashkil etiladi
2 mart 2024, 14:19

O‘zbekistonda AQSh ko‘magida Yashil vodorod xabi tashkil etiladi

O‘zbekistonda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko‘magida Yashil vodorod xabi tashkil etiladi. Loyiha doirasida Delaver universiteti bilan birgalikda TDTU magistratura bosqichida yashil vodorod bo‘yicha yangi o‘quv dasturi joriy etiladi.

Farg‘onada erkak va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi
2 mart 2024, 10:49

Farg‘onada erkak va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Beshariq tumanida erkak hamda uning 12 yoshli qizi va 11 yoshli o‘g‘li is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ko‘zdan kechirish davomida xonadonda nostandart qo‘lbola isitish pechidan foydalanilgani aniqlandi.

JSST: dunyoda semizlikdan aziyat chekadigan odamlar soni 1 milliarddan oshdi
1 mart 2024, 19:37

JSST: dunyoda semizlikdan aziyat chekadigan odamlar soni 1 milliarddan oshdi

Olimlarning fikriga ko‘ra, 2022-yilda 1 milliarddan ortiq odam yoki har sakkiz kishidan biri semizlikdan aziyat chekkan. 1990-yildan beri kattalar orasida semizlik bo‘yicha global ko‘rsatkich ikki baravar, bolalar va o‘smirlar orasida esa to‘rt baravar ko‘paydi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (2−3-mart)
1 mart 2024, 18:11

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (2−3-mart)

Sakkizta kinopremera, spektakllar, ijodiy ishlar yarmarkalari, qoraqalpoq musiqasi kechasi, bolalar shoulari, chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Daniyar Kamilovning kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” “zapravka”lari egasiga aylandi
1 mart 2024, 17:26

Daniyar Kamilovning kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” “zapravka”lari egasiga aylandi

Daniyar Kamilovga (prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Kamilovning o‘g‘li) tegishli kompaniya UNG Petro kompaniyasi — “O‘zbekneftgaz”ning 78 ta AYOQSHlaridan iborat tarmoq egasiga aylandi.

Qozog‘istonda rasman yagona UTC+5 vaqti o‘rnatildi
1 mart 2024, 17:22

Qozog‘istonda rasman yagona UTC+5 vaqti o‘rnatildi

1-martdan boshlab Qozog‘istonda hukumat qaroriga binoan rasman yagona UTC+5 vaqti o‘rnatildi (avval UTC+5 va UTC+6 vaqt zonasi bor edi). Mintaqada soat millari bir soat ortga surilib, O‘zbekiston bilan bir xil bo‘ldi. Yevropaga bir soat yaqinlashdi.

Bahodir Begalov nomzodi BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga ilgari surildi
1 mart 2024, 16:36

Bahodir Begalov nomzodi BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga ilgari surildi

Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-York shahrida o‘tkazilgan BMT Statistika komissiyasining 55-sessiyasida qatnashdi. Unda agentlik rahbari nomzodi komissiya a’zoligiga ilgari surildi.

Xorazmda Fransiyaning Voltalia kompaniyasi quyosh fotoelektr stansiyasini quradi
1 mart 2024, 16:25

Xorazmda Fransiyaning Voltalia kompaniyasi quyosh fotoelektr stansiyasini quradi

Shavkat Mirziyoyev va Fransiyaning Voltalia kompaniyasi bosh direktori To‘proqqal’a tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishini boshladi. Yiliga 254 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, bu esa viloyatdagi elektr energiyasining 11 foizini qoplaydi.

Xorazm tadbirkorlariga qator imtiyozlar beriladi
1 mart 2024, 15:42

Xorazm tadbirkorlariga qator imtiyozlar beriladi

Xorazmda tadbirkorlarga imtiyozlar belgilanmoqda. Xususan, davlat mulki va yerini xususiylashtirishda 5 yilga bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi. Sanoat binolari qurilib, tadbirkorlarga topshiriladi. Sotilgan ko‘chmas mulk uchun to‘lov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi.

Tojikiston energiya ta’minotida yirik uzilish kuzatildi
1 mart 2024, 15:18

Tojikiston energiya ta’minotida yirik uzilish kuzatildi

Tojikiston energetika tizimida yirik nosozlik yuz berdi, Dushanbe va bir qator viloyatlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Mamlakat poytaxtida issiqlik ta’minoti o‘chib, ichimlik suvi ta’minoti ham to‘xtadi.

Xorazm viloyati uchun 1,5 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari paketi shakllantirildi
1 mart 2024, 14:53

Xorazm viloyati uchun 1,5 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari paketi shakllantirildi

Xorazmda yuk elektromobillari, akkumulyatorlar uchun nikel sulfat, arxitektura oynalari, shisha idishlar, qurilish materiallari, lak-bo‘yoqlar va mato ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Umumiy qiymati 660 mln dollardan ziyod loyihalar Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi.

Urganchdan 11 ta mahalliy va xorijiy shaharlarga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
1 mart 2024, 14:41

Urganchdan 11 ta mahalliy va xorijiy shaharlarga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Shuningdek, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting