Petroleum Technology Group O‘zbekistonda 78 ta AYOQSHga ega bo‘lgan UNG Petro kompaniyasining yangi egasiga aylandi, buni Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registridagi ma’lumotlardan bilish mumkin.

petroleum technology group, ung petro, даniяр камилов

Ilgari yoqilg‘i quyish shoxobchalarining egasi “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi bo‘lgan. 2023-yilning may oyi oxirida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi UNG Petro (ustav kapitali — 265 mlrd so‘m)ni sotish bo‘yicha konsultant tanlash boshlanganini e’lon qilgan, biroq hozircha takliflarni qabul qilish boshlangani va xususiylashtirish bo‘yicha yakuniy natijalar e’lon qilinmagan.

Petroleum Technology Group qachon va qancha pulga UNG Petro sotib olgani haqida xabar berilmagan.

petroleum technology group, ung petro, даniяр камилов

Petroleum Technology Group 2023-yil 4-oktabrda tashkil etilgan bo‘lib, tijorat va boshqaruv masalalari bo‘yicha konsalting kompaniyasi hisoblanadi. Uning ta’sischilari Delta Global Dynamics kompaniyasi (1 foiz) va Daniyar Abdulazizovich Kamilov (99 foiz) — sobiq tashqi ishlar vaziri, hozirda prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Kamilovning o‘g‘li. Daniyar Kamilov Delta Global Dynamics`ning ham 100 foiz ulushiga egalik qiladi.

2022-yil fevral oyida Daniyar Kamilovning kompaniyalaridan biri First Premium Allianc O‘zbekistondagi eng yirik alkogol zavodini sotib olgan. Tadbirkor shuningdek, Progressgortech-Asia (O‘zbekiston aeroportlariga aviakerosin yetkazib beruvchilarga xizmat ko‘rsatadi, O‘zbekistonning 9 ta aeroportida ishlaydi) va Metropol Group (tijorat va boshqaruv faoliyati bo‘yicha konsultatsiya berish) kompaniyalariga egalik qiladi.

Metropol Group 2021-yil iyun oyida Toshkent markazidagi Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq binosini 210 mlrd so‘mga xususiylashtirgandi. Uning o‘rnida premium klassdagi Radisson mehmonxonasi qurilishi rejalashtirilgan.