2024-yil fevral oyida O‘zbekistonda so‘nggi sakkiz yil ichida rekord darajada past inflyatsiya — 0,32 foizlik inflyatsiya qayd etildi. Bu haqda prezident huzuridagi Statistika agentligi hisobotida keltiriladi.

Bu kamida 2016-yildan buyon eng past ko‘rsatkichdir (2016-yil fevral — 0,8%, 2017-yil — 1,4%, 2018-yil — 1,1%, 2019-yil — 1,6%, 2020-yil — 0,84%, 2021-yil — 0,64%, 2022-yil — 0,51%, 2023-yil — 0,54%).

Yillik ko‘rsatkichda (2023-yilning fevraliga kelib) inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi — bu 2016-yil iyunidan beri minimal ko‘rsatkich hisoblanadi.

Fevral oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,2 foizga, pullik xizmatlar narxi esa 0,7 foizga oshdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, deyarli barcha asosiy turdagi tovarlar narxining pasayishi kuzatildi. Xususan, tuxum narxi o‘rtacha 1,9 foizga, kungaboqar yog‘i 1,1 foizga, shakar va un 0,7 foizga, mol va qo‘y go‘shti 0,4 foizga, guruch 0,2 foizga arzonlashgan. Sut narxi esa 0,2 foizga ko‘tarildi.

Shu bilan birga, yillik qiymatda sut narxi 12,2 foizga, tuxum 11,6 foizga, shakar 10,1 foizga, guruch 31,3 foizga oshdi.

Oxirgi oyda meva-sabzavot mahsulotlari orasida bodring 12,3 foizga, bulg‘or qalampiri 11,7 foizga, baqlajon 6,1 foizga, pomidor 5,9 foizga, sarimsoq 4 foizga qimmatlashdi.

Kartoshka 0,9 foizga, piyoz 1,1 foizga, sabzi 1,8 foizga, karam 3,1 foizga, banan 9,2 foizga arzonlashdi.

Fevral oyida alkogolli ichimliklar narxi 0,9 foizga, tamaki mahsulotlari 1 foizga ko‘tarildi.

O‘tgan oyda Toshkent viloyatida sovuq suv va kanalizatsiya tariflarining oshishi qayd etildi va bu respublika bo‘yicha umumiy narxlarning 1,5 foizga oshishida namoyon bo‘ldi. Maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to‘lov 2024-yil fevral oyida respublika bo‘yicha o‘rtacha 9,4 foizga (yanvar va fevral oylarida — 29,2 foizga) oshdi.

Yirik maishiy texnika o‘rtacha 1 foizga, oshxona anjomlari 2,8 foizga qimmatlashdi.

Tibbiy niqob va qo‘lqoplar 3,2 foizga arzonlashgan bo‘lsa, antibiotiklar 12,7 foizga qimmatlashdi (yanvarda bu ko‘rsatkich +1,3 foizni tashkil etdi).

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyida propan — 1,4% (15,7%), benzin narxi 1,1 foizga (yanvarda — 1,2−6,4 foizga, yil davomida — 23,3 foizga) qimmatladi, biroq faqatgina UNG Petro narxlarni 2,9 foizga — 7 ming so‘mgacha ko‘tarildi, metan narxi o‘zgarmadi (yil davomida +20,5%).

Oy davomida havo va temir yo‘l chiptalari narxi 0,3 foizga va 1,5 foizga arzonlashdi, bu milliy valyuta kursining o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq.

Fevral oyidan boshlab Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida tanlanma narxlar so‘roviga kiritilgan xususiy bog‘chalarda to‘lovlar 1,6%-10,1 foizga oshdi.

Umumiy ovqatlanish korxonalari narxlarining o‘sishi 0,3 foizdan 0,4 foizgacha bo‘lgan.

Banklar orqali pul o‘tkazish xizmatlari 0,7 foizga qimmatlashdi.