Janubiy Koreyada tug‘ilish darajasi rekord darajaga tushib ketdi
28 fevral 2024, 23:25

Janubiy Koreyada tug‘ilish darajasi rekord darajaga tushib ketdi

Shundoq ham dunyoda eng past bo‘lgan Janubiy Koreyadagi tug‘ilish darajasi 2023-yilda yana ham pasayishda davom etdi. Mamlakat rasmiylari muammoni hal qilish uchun allaqachon 270 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflab ulgurdi, biroq bu natija bermayapti.

BBC O‘zbek xizmati jurnalisti Ibrat Safo Toshkentdagi IIBga “suhbatga” chaqirildi
28 fevral 2024, 22:11

BBC O‘zbek xizmati jurnalisti Ibrat Safo Toshkentdagi IIBga “suhbatga” chaqirildi

BBC O‘zbek xizmati jurnalisti Ibrat Safoning xabar berishicha, u Milliy bog‘dagi qurib qolgan ko‘l va Magic City qurilishi haqidagi posti tufayli O‘zbekiston ichki ishlar idoralariga “suhbatga” chaqirilgan. Jurnalistning yozishicha, bu uning Londondagi 20 yillik faoliyati davomida birinchi marta sodir bo‘lmoqda.

Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
28 fevral 2024, 21:03

Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan Timur Butunbayev suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Xabibulla Quvondiqov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.

Jamoatchilik ekologiya nazoratchisining huquq va majburiyatlari belgilandi
28 fevral 2024, 19:15

Jamoatchilik ekologiya nazoratchisining huquq va majburiyatlari belgilandi

Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va ularning maqomi, huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yildi. Daraxt kesish, qum-shag‘alni noqonuniy qazib olish kabi huquqbuzarliklar bilan bog‘liq aniqlangan holatlar uchun ekologiya nazoratchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

“Milliy tiklanish”: Toshkentdagi renovatsiya dasturlari uy-joy egalari va jamoatchilik fikri asosida bajarilishi kerak
28 fevral 2024, 17:46

“Milliy tiklanish”: Toshkentdagi renovatsiya dasturlari uy-joy egalari va jamoatchilik fikri asosida bajarilishi kerak

“Milliy tiklanish” partiyasi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqovning Toshkentda 500 gektar joy renovatsiyaga tushgani haqidagi xabariga munosabat bildirdi. Partiya dastur mulkdorlar roziligiga asoslanishi, jamoatchilik muhokamalaridan o‘tishi va renovatsiya to‘g‘risida qonun bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Toshkent shahri va yetti viloyatga havo sifatini monitoring qiluvchi 8 ta stansiya olib kelindi
28 fevral 2024, 17:40

Toshkent shahri va yetti viloyatga havo sifatini monitoring qiluvchi 8 ta stansiya olib kelindi

Gidrometeorologiya xizmati agentligi va “Zamin” fondining qo‘shma loyihasi asosida havo sifatini monitoring qiluvchi 8 ta stansiya olib kelindi. Ular Toshkent shahri hamda Andijon, Namangan, Navoiy, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga o‘rnatiladi.

Buxoroda sayyohlik markazi loyihasi uchun hokimlik va san’at maktabi binolari buzilmoqda
28 fevral 2024, 17:40

Buxoroda sayyohlik markazi loyihasi uchun hokimlik va san’at maktabi binolari buzilmoqda

Buxoroda turistik markaz qurish uchun shahar hokimligi va san’at maktabi binolarini buzishga kirishildi. Maktab-internat o‘quvchilari sharoiti bo‘lmagan sobiq paxta zavodi yotoqxonasiga vaqtincha ko‘chirildi. Motamsaro ona haykalini Kogonga ko‘chirishga qaror qilishdi.

O‘zbekistonda mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshirildi
28 fevral 2024, 16:56

O‘zbekistonda mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshirildi

Prezident imzolagan qonun bilan mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million so‘mdan 100 million so‘mgacha oshirildi. Shuningdek, kreditni undirish bo‘yicha sud qarori chiqarilganda foiz va neustoyka hisoblash to‘xtatiladi.

Seshanba kuni elektr energiyasiga maksimal darajada cheklovlar joriy etildi — Energetika vazirligi
28 fevral 2024, 15:43

Seshanba kuni elektr energiyasiga maksimal darajada cheklovlar joriy etildi — Energetika vazirligi

27-fevral kuni O‘zbekistonda elektr energiyasini yetkazib berishdagi cheklovlar 700 MVtgacha oshirildi. Bundan avvali kunlari cheklovlar 600 MVtdan oshmagandi. Metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun gaz yetkazib berish kamaygan, benzin yetkazib berish esa ko‘paygan.

Fransiya shaharlaridan biri tengsizlikka qarshi kurashish uchun maktab formasini joriy etdi
28 fevral 2024, 14:42

Fransiya shaharlaridan biri tengsizlikka qarshi kurashish uchun maktab formasini joriy etdi

Fransiyaning Beze shahrida maktab formasini kiyish bo‘yicha hukumat tajribasi boshlandi. Rasmiylar bu tengsizlikni kamaytirishga yordam beradimi yoki yo‘q, shuni tekshirmoqchi. 1968-yildan beri fransuz maktablarida forma kiyish majburiy emas.

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 6 ta medal oldi
28 fevral 2024, 14:23

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 6 ta medal oldi

Hindistonda o‘tgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta medal: 4 ta kumush va 2 ta bronzani qo‘lga kiritdi.

Toshkentda avtobus boshqarishga nomzod ayol haydovchilar amaliyot o‘tamoqda (video)
28 fevral 2024, 13:31

Toshkentda avtobus boshqarishga nomzod ayol haydovchilar amaliyot o‘tamoqda (video)

Ayollarga yo‘lovchilari soni 14 kishidan ortiq avtobuslarni boshqarish huquqi berilgach, Toshkent shahrida haydovchilikka nomzod ayollar uchun amaliyot darslari o‘tilmoqda. Ularga yo‘nalishlarda ustoz haydovchilar hamrohlik qiladi. “Toshshahartransxizmat” jarayon qanday ketayotgani bo‘yicha videolavha e’lon qildi.

“Hech kim tinchlikni Ukrainachalik xohlayotgani yo‘q. Ammo muammo bizda emas” — Ukrainaning Toshkentdagi elchisi
28 fevral 2024, 13:03

“Hech kim tinchlikni Ukrainachalik xohlayotgani yo‘q. Ammo muammo bizda emas” — Ukrainaning Toshkentdagi elchisi

Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko mamlakatning Rossiya bosqiniga ko‘rsatgan 2 yillik qarshiligini sarhisob qildi. U Rossiyada “sun’iy ravishda yaratilgan davlat” haqidagi ritorika faqat uning davlatiga qaratilmaganini ta’kidladi. “Rossiyaning agressiv rejalari Ukrainadan ancha uzoqqa cho‘ziladi”, dedi u.

Ukraina elchisi — xavfli va xavfsiz mehnat migratsiyasi, gumanitar loyihalar va O‘zbekiston bilan siyosiy muloqotni qayta tiklash haqida
28 fevral 2024, 12:08

Ukraina elchisi — xavfli va xavfsiz mehnat migratsiyasi, gumanitar loyihalar va O‘zbekiston bilan siyosiy muloqotni qayta tiklash haqida

Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko O‘zbekiston bilan 2024-yilgi hamkorlik haqida gapirdi. Mamlakatlar iqtisodiy “yo‘l xaritasi”ni shakllantirish niyatida, Toshkentda Ukraina farmatsevtika kompaniyalari loyihalari davom etmoqda, Kiyevda esa ukrainalik rassomlarning O‘zbekiston haqidagi suratlari namoyish etiladi.

Chinoz hokimligi va Jizzax transport boshqarmasi xodimlari pora olishda gumonlanib ushlandi
28 fevral 2024, 11:02

Chinoz hokimligi va Jizzax transport boshqarmasi xodimlari pora olishda gumonlanib ushlandi

Jizzax viloyati Transport boshqarmasining bosh mutaxassisi 6,6 ming dollar, Chinoz tumani hokimligi xodimi 6 ming dollar pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi.

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetiga 2024−2025 o‘quv yili uchun qabul boshlandi
28 fevral 2024, 11:00

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetiga 2024−2025 o‘quv yili uchun qabul boshlandi

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti 2024−2025 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi. Abituriyentlarga o‘qish uchun 100% to‘lovni ichiga oladigan grant dasturi taklif etilmoqda.

Toshkent viloyati hokimi maktablarda telefondan foydalanilishiga nega qarshi?
28 fevral 2024, 10:20

Toshkent viloyati hokimi maktablarda telefondan foydalanilishiga nega qarshi?

Toshkent viloyatida o‘quvchilarga ham, o‘qituvchilarga ham telefondan foydalanishni taqiqlagan maktablarga 300 mln so‘m va’da qilindi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning fikricha, telefon bolalarni ham, kattalarni ham buzadi. “Qo‘lda telefon degan balo bor ekan, hamma narsa bo‘lishi mumkin”, — dedi u.

O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027-yil “Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili” deb e’lon qilindi
28 fevral 2024, 09:37

O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027-yil “Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili” deb e’lon qilindi

BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027-yilni “Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili” deb e’lon qilish bo‘yicha rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi.

“Toshkentda 500 gektardan oshiq hudud renovatsiyaga tushgan” — poytaxt hokimi v.b.
28 fevral 2024, 09:20

“Toshkentda 500 gektardan oshiq hudud renovatsiyaga tushgan” — poytaxt hokimi v.b.

Toshkentda 500 gektardan ortiq maydondagi uy-joylar renovatsiya dasturiga kiritilgan, deya ma’lum qildi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap “talabga javob bermaydigan, ko‘p yillar oldin qurilgan ikki qavatli binolar va vaqtincha qurilib ketgan uylar” haqida ketmoqda.

MB valyuta savdosi ma’lumotlarini cheklashni va zaxiralar hisoboti e’lon qilishni kechiktira boshladi
28 fevral 2024, 00:15

MB valyuta savdosi ma’lumotlarini cheklashni va zaxiralar hisoboti e’lon qilishni kechiktira boshladi

Markaziy bank 2023-yil 11 oyi davomida 11,4 mlrd dollarga yetgan valyutani sotib olish va sotish o‘rtasidagi farq oshib borayotgan bir paytda valyuta bozoridagi savdolar haqidagi ma’lumotlarni qisman yashirishni boshladi. Regulyator oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishni ham kechiktirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting