Har bir talaba Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida (TXVU) ta’lim olib, o‘z potensialini namoyon qilishi mumkin. Foundation (CIFS) xalqaro kursidan doktorlik darajasiga qadar TXVU 2002-yildan buyon talabalarga akademik va karera maqsadlariga erishishda yordam berib kelmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, TXVU so‘nggi bitiruvchilarining deyarli barchasi o‘qishni tugatgandan so‘ng keyingi olti oy ichida ish bilan ta’minlangan.

TXVU Britaniyaning The University of Westminster universiteti tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv dasturlarida o‘qishni taklif qilmoqda. Ular orasida:

  • bakalavriat (CIFS, Undergraduate):
    • BSc Business Information Systems — “Biznesda axborot tizimlari”;
    • BSc Finance — “Moliya”;
    • BSc Economics with Finance — “Iqtisodiyot va moliya”;
    • BA Business Management — “Biznes menejment”;
    • BA Commercial Law — “Tijoriy huquq”.
  • magistratura (Postgraduate):
    • MSc in Applied Economics — “Amaliy iqtisodiyot”;
    • MSc in Business Intelligence and Analytics — “Biznesda tahlil qilish va analitika”;
    • LLM in International Commercial Law — “Xalqaro tijoriy huquq”;
    • MA in Human Resource Management and Talent Development — “Inson resurslarini boshqarish va iste’dodni rivojlantirish”;
    • MA in International Business Management — “Xalqaro biznes boshqaruvi”;
    • MA in Learning and Teaching — “Ta’lim olish va o‘qitish bo‘yicha magistratura”;
    • MSc in Public Health Science — “Jamoat salomatligi fani”;
    • MSc in Research Methods — “Tadqiqot metodlari”.

Stipendiya va grantlar

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishining birinchi kursiga CIFS (Certificate in International Foundation Studies) qabul qilingan O‘zbekiston fuqarolariga o‘qish to‘lovining 100 foizini qoplaydigan grant dasturini taklif etadi.

Tanlov TXVU matematika fanidan kirish imtihoni hamda IELTS imtihoni natijalari asosida ikki bosqichda o‘tkaziladi. Yuqori ball to‘plagan nomzodlar ikkinchi bosqichga — matematikadan yozma testga taklif qilinadi.

Universitetning kampusi va ijtimoiy hayot

TXVU kampusi Toshkentning markaziy tumanlaridan birida joylashgan bo‘lib, ular joylashgan ko‘chalar nomini olgan uchta asosiy o‘quv binosidan iborat. Bundan tashqari, universitet hududida katta sport majmuasi (Sport Hall) va o‘quv-resurs markazi (Learning Resource Centre) mavjud.

вестминстер, реклама

TXVU`ning o‘ziga hos xususiyatlaridan biri — bu talabalarning yorqin hayoti bo‘lib, ular turli hil madaniy tadbirlarda, tanlovlarda faol ishtirok etib, ijodiy va ijtimoiy to‘garaklarda qatnashadilar hamda o‘zlarining innovatsion ijtimoiy loyihalarini hayotga tatbiq etadilar.

Klub va jamiyatlar talabalar hamda xodimlarni quvontiradi. Ular orasida:

  • QVZ;
  • drama to‘garagi;
  • Warm Heart xayriya jamg‘armasi;
  • “Volontyorlar maktabi” klubi;
  • Tashkent International Model United Nations hamjamiyati;
  • tadqiqotchilar hamjamiyati;
  • TXVU talabalar uyushmasi.

Talent Show, Culture Fair, Fashion Show, Job Fair har yili TXVU va keng jamoatchilikni birlashtiradigan muhim voqealarga aylandi.

Shuningdek, TXVU`da talabalarga qulayliklarni ta’minlash maqsadida to‘liq jihozlangan ikkita katta yotoqxona mavjud.

вестминстер, реклама

Hujjatlarni qabul qilish tartibi

Qabul jarayoni onlayn ro‘yxatdan o‘tish orqali amalga oshiriladi.

Bakalavriatning birinchi yiliga qabul qilinish uchun quyidagi hujjatlarni yuklash kerak:

  • shaxsiy fotosurat;
  • shaxsiy guvohnoma (ikki tomoni) yoki pasport nusxasi;
  • o‘rta maktab diplomi transkripti bilan;
  • ingliz tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat — IELTS, TOEFL yoki uning ekvivalenti.

Qabul jarayoni haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.


Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti nafaqat O‘zbekistonda, balki O‘rta Osiyoda birinchi xalqaro universitetlardan biri hisoblanadi. Buyuk Britaniyadagi Vestminster universitetining (The University of Westminster) akkreditatsiyalangan universiteti va hamkori sifatida TXVU Vestminster universitetidan (London) xalqaro diplom olish imkoniyatini beradi.

2023-yil dekabr oyida TXVU “Tadqiqotlarning jamiyatga ta’siri: ijtimoiy fanlar” sohasidagi ilmiy yutuqlari uchun Scopus Award — 2023 mukofotiga sazovor bo‘ldi. TXVU ushbu nufuzli mukofotga universitetdagi yuzlab akademik xodimlarning jamoaviy sa’y-harakatlari, bilimni ommaga tatbiq etishga bo‘lgan intilish, akademik taraqqiyotni rivojlantirishga va jahon ilmiy hamjamiyatiga qo‘shgan hissalari tufayli erishdi.

The University of Westminster 2023-yil Teaching Excellence Framework (TEF) reytingida Silver darajasiga sazovor bo‘ldi. Universitet umumiy reytingda, shuningdek, “Talabalar tajribasi” va “Talabalar samaradorligi” toifalarida Silver maqomini oldi. Bu ushbu yo‘nalishlarda o‘qitish standartlari yuqori sifatliligini anglatadi.

Telefonlar: (+998) 71−238−74−00, (+998) 71−238−74−44.

Sayt: wiut.uz
Facebook: fb.com/wiut.uz
Instagram: @wiutuni
Telegram: t.me/wiut_official_telegram
LinkedIn: linkedin.com/school/wiut-uni-uz
Youtube: Westminster International University in Tashkent

Reklama huquqlari asosida.