Andijon, Namangan, Navoiy, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahriga 8 ta avtomatik stansiya olib kelindi. Bu haqda “Zamin” fondi xabar qildi.

Bu “Zamin” fondi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining “Atmosfera havosining ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, uskunalar sozlanib, test sinovlari yakunlangach, yagona ma’lumotlar bazasiga ulanadi. Shuningdek, Gidrometeorologiya xizmati agentligining hududlardagi xodimlari o‘qitiladi.

Stansiyalardan olingan ma’lumotlar monitoring.meteo.uz milliy platformasiga uzatib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, respublika bo‘yicha 1000 ta IQAir qurilmasi, jumladan, Toshkent shahrida 150 ta o‘rnatilishi ma’lum qilingandi.