12-fevral kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan ayollarga yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarini va yo‘lovchilarning soni 14 kishidan ortiq avtobuslarni boshqarish huquqi berildi.

“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati avtobuslarni boshqarish istagini bildirgan ikki nafar ayol nomzod uchun amaliyot darslari boshlanganini ma’lum qildi.

“Ushbu haydovchilarga amaliyot darslari belgilangan bo‘lib, ustoz haydovchi tomonidan avtobusni boshqarish va yo‘nalish harakati bo‘yicha batafsil tushunchalar berilmoqda”, deyiladi AJ xabarida.

Haydovchilikka nomzodlardan biri Saodat Shermatova bo‘lib, u 2005-yilda “D” toifasi bo‘yicha haydovchilik guvohnomasini olgan.

ayol haydovchiлар, жамоат транспорти, тошшаharтрансхизмат

“Avtobus boshqarishni yaxshi ko‘raman, tushlarimga kirib chiqadi. 2019-yilda o‘qiganman. U paytlari bizlarda katta mashinalar[ni boshqarish]ga ruxsat yo‘q edi… Stajim ham yetarli: 2005-yildan beri texnika sohasida yuraman. Stajirovka qilamiz hali, sekin-sekin, faqat xohish va qiziqish kerak. Eng asosiysi, o‘zim yaxshi ko‘raman”, — deydi Saodat Shermatova.

Nomzodlarning ikkinchisi — Nargiz Gadayeva. Videolavhada uning dastlab tana harorati va alkogol ichganlik holati bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tgani, so‘ng bir necha yo‘nalishlardagi avtobus va elektrobuslarni ustoz haydovchi hamrohligida boshqarganini ko‘rish mumkin.

Yo‘nalishga chiqishdan avval YPX xodimi uni yo‘l qoidalariga amal qilishga chaqirib, rulda ketayotganda telefondan foydalanmaslik va yo‘lovchilar bilan yaxshi muomalada bo‘lishni eslatib o‘tdi.

O‘z navbatida, AJ xodimlari yo‘lovchilarga ham yuzlanib, ular ketayotgan avtobusni ayol haydovchi boshqarishiga qanday munosabatda ekani so‘raldi.

Ulardan biri “O‘rgatilgan bo‘lsa, ayol kishi ham har qanday ishda ishlashi, shafyor bo‘lishi ham mumkin. Normal holat bu”, desa, yana bir yo‘lovchi "Menga yoqdi, ayollar hamma ishga qodir", — deya javob qaytardi.