O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr yetkazib berishni tiklaydi
23 yanvar 2023, 16:08

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr yetkazib berishni tiklaydi

Energetika vazirligi Afg‘onistonga issiqlik elektr stansiyalari uchun yonilg‘i tanqisligi sababli elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatilganini tasdiqladi. 25 yanvardan qo‘shni mamlakatga elektr eksportini tiklash rejalashtirilmoqda.

Ichki ishlar xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi
23 yanvar 2023, 15:56

Ichki ishlar xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi

Ichki ishlar organlari xodimlari, kasb madaniyati bo‘yicha yangi kodeksga muvofiq, xushmuomala, e’tiborli, ehtiyotkor, fuqarolar va hamkasblariga nisbatan bag‘rikeng bo‘lishi lozim. Ular fuqarolarga qo‘pol muomalada bo‘lmasligi, sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

«Azimut» Mineralniye Vodi va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi
23 yanvar 2023, 15:27

«Azimut» Mineralniye Vodi va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Mineralniye Vodi va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Muntazam qatnovlar haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda 700 dan ortiq maktabda III chorak onlayn boshlandi
23 yanvar 2023, 15:14

O‘zbekistonda 700 dan ortiq maktabda III chorak onlayn boshlandi

Respublika bo‘ylab sinf xonalarida havo haroratini me’yor darajasida saqlash imkoniyati bo‘lmagan 717 maktabda III chorak masofaviy shaklda boshlandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ularni bosqichma-bosqich an’anaviy shaklga o‘tkazish choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.

«Urgut» EIZ Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryodagi yerlar hisobiga kengaytiriladi
23 yanvar 2023, 13:03

«Urgut» EIZ Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryodagi yerlar hisobiga kengaytiriladi

«Muvaffaqiyatli tajriba»dan kelib chiqib «Urgut» erkin iqtisodiy zonasini Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani va Qashqadaryoning Kitob tumanidagi obyektlar hisobidan kengaytiriladi. Qaror yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan.

Afg‘oniston O‘zbekistondan elektr ta’minoti shartnomasiga amal qilishni so‘radi
23 yanvar 2023, 12:37

Afg‘oniston O‘zbekistondan elektr ta’minoti shartnomasiga amal qilishni so‘radi

Afg‘oniston TIV rahbari vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy O‘zbekistonni shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda elektr yetkazib berishga chaqirdi. «Ta’minot uzib qo‘yilgan, xalq muammolarga duch kelmoqda», — deydi u. O‘tgan haftada elektr yetkazish texnik nosozlik tufayli uzilgani ma’lum qilingandi.

Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini qayta tikladi
23 yanvar 2023, 12:18

Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini qayta tikladi

21 yanvardan boshlab O‘zbekiston Turkmanistondan gaz importini qayta tikladi, biroq hozircha gaz sovuq kunlargacha bo‘lgan bosimdan pastroq. Gaz yetkazib berish 12 yanvar kuni to‘xtatilgandi.

O‘zbekistonda sovuq ob-havo hafta oxirigacha saqlanib turadi
23 yanvar 2023, 12:06

O‘zbekistonda sovuq ob-havo hafta oxirigacha saqlanib turadi

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq havo massasining ta’siri ish haftasining oxirigacha saqlanib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 yanvarda mamlakatning tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.

«Toshkent issiqlik markazi» davlat unitar korxonasi MCHJga aylantiriladi
23 yanvar 2023, 11:28

«Toshkent issiqlik markazi» davlat unitar korxonasi MCHJga aylantiriladi

Hukumat qarori bilan «Toshkent issiqlik markazi» davlat unitar korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantiriladi. Jamiyat «Toshkent issiqlik markazi» DUKning shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.

Poytaxtdagi 11 ta tumanda uylarni issiqlik va elektr bilan ta’minlash bo‘yicha tajriba o‘tkazilmoqda
23 yanvar 2023, 10:43

Poytaxtdagi 11 ta tumanda uylarni issiqlik va elektr bilan ta’minlash bo‘yicha tajriba o‘tkazilmoqda

Hukumat Toshkent shahrining 11 ta tumanidagi issiqlik tarmoqlari so‘nggi qismlarida joylashgan uylarni issiqlik va elektr bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha qaror qabul qildi. Buning uchun zudlik bilan kogeneratsiya uskunalari sotib olinadi.

Banklarda dollar kursi oshdi
23 yanvar 2023, 10:12

Banklarda dollar kursi oshdi

Tijorat banklari 23 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 240 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 365 so‘m.

Dushanba kuni O‘zbekistondagi hamma maktablar ham ochilmaydi
22 yanvar 2023, 21:40

Dushanba kuni O‘zbekistondagi hamma maktablar ham ochilmaydi

O‘zbekistonda 23 yanvardan vanihoyat maktablarda uchinchi chorak boshlanadi. Biroq isitish bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan maktablar hozircha darslarni onlayn shaklda davom ettiradi. Xususan, Toshkent shahrida 57 ta, Namangandagi 17 ta maktabda o‘quvchilar darslarni masofadan boshlaydi (ro‘yxat).

O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlarni tarmoqdan uzish boshlanadi
22 yanvar 2023, 19:27

O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlarni tarmoqdan uzish boshlanadi

27 yanvardan boshlab elektr energiyasidan qarzi bor iste’molchilar yana avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi. Avvalroq o‘chirishlar anomal sovuq ob-havo sabab to‘xtatilgandi.

Toshkentda avtobusga urilgan Tracker yonib ketdi
22 yanvar 2023, 16:11

Toshkentda avtobusga urilgan Tracker yonib ketdi

22 yanvarga o‘tar kechasi Mirzo Ulug‘bek tumanida tezlikni oshirib harakatlangan Tracker yo‘l chetidagi avtobusga urildi. Oqibatda Tracker`ning old qismida yong‘in chiqdi, undagi yo‘lovchilar turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

IIO huzuridagi «To‘maris izdoshlari» guruhi a’zolariga o‘qishga kirishda imtiyoz beriladi
22 yanvar 2023, 12:40 1

IIO huzuridagi «To‘maris izdoshlari» guruhi a’zolariga o‘qishga kirishda imtiyoz beriladi

IIOning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzurida «To‘maris izdoshlari» jamoaviy guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ular qizlarning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq masalalarni aniqlashda ko‘maklashadi. Guruh a’zolariga test sinovlarisiz kvota asosida o‘qishga kirish huquqi beriladi.

Toshkent viloyatida 3 ta issiqxona davlatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi
22 yanvar 2023, 11:05

Toshkent viloyatida 3 ta issiqxona davlatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi

Zangiota tumanida 3 ta issiqxona 5000 ta xonadonning bir kunlik iste’moliga teng tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Oqibatda davlatga 87 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

Farg‘onada YPX xodimi piyodalar yo‘lagini to‘sib qo‘ydi
22 yanvar 2023, 11:01

Farg‘onada YPX xodimi piyodalar yo‘lagini to‘sib qo‘ydi

Qo‘qon shahrida viloyat YPX otryadi komandir o‘rinbosari Tracker avtomashinasini piyodalar o‘tish joyida qoldirdi. Viloyat IIB buning uchun xodim 600 ming so‘m jarimaga tortilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston 2022 yilda Xitoyga 1,07 mlrd dollarlik gaz sotdi
21 yanvar 2023, 19:46

O‘zbekiston 2022 yilda Xitoyga 1,07 mlrd dollarlik gaz sotdi

2022 yilda O‘zbekistonning Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish hajmi 1,07 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan 33,9 foizga ko‘pdir.

Video: Andijondagi choyxonada yong‘in sodir bo‘ldi
21 yanvar 2023, 17:13

Video: Andijondagi choyxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Andijon tumanidagi choyxonada yong‘in kelib chiqdi. Oqibatda 70 kvadrat metr maydonda tom, shift va jihozlar yonib zararlandi.

Samarqandda is gazidan zaharlangan kelin-kuyov vafot etdi
21 yanvar 2023, 15:29

Samarqandda is gazidan zaharlangan kelin-kuyov vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida chillasi chiqmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi. Xonadon egalari ularni ko‘mgan va huquqni muhofaza qilish organlariga bu haqda xabar bermagan. Hozirda prokuratura holatni o‘rganmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting