27 yanvar kunidan boshlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi — ASKUE qayta ishga tushiriladi. Qarzdorlarigi mavjud iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi, deya xabar bermoqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati.

Respublika bo‘ylab kuzatilgan anomal sovuq ob-havo sabab elektr energiyasi va gaz bo‘yicha qarzdorlik uchun uzilishlar to‘xtatilgan edi.

Elektr uzilishlarining oldini olish uchun iste’molchilarga hisoblarini to‘ldirish tavsiya etiladi. Buni mobil ilovalar orqali ham amalga oshirish mumkin.