23 yanvardan boshlab O‘zbekistondagi davlat maktablarida uzoq muddatli ta’tildan so‘ng uchinchi chorak boshlanadi. Biroq, barcha maktablarda ham darslar an’anaviy tarzda bo‘lmaydi, faqat isitish tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan maktablar ыuvchilar uchun o‘z eshiklarini ochadi.

«Issiqlik ta’minotida muammosi bo‘lgan maktablar holat yaxshilanguniga qadar o‘qishni vaqtincha masofadan olib borishlariga ruxsat etiladi», deyiladi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabarida.

Qaysi maktablar vaqtincha masofadan ta’lim olishlari haqida hududlarning ijtimoiy tarmoq kanallari hamda maktab rahbarlari tomonidan bevosita ota-onalarga xabar beriladi. Agar savollar tug‘ilsa, @xtv_nazorat_bot orqali ularni yo‘llash mumkin.

Xususan, Toshkentda 335 umumta’lim maktablaridan 57 tasi vaqtincha onlayn rejimda ishlaydi, deya xabar bermoqda shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi:

  • Bektemir tumanidagi 345, 346, 347-, 348-,
  • Mirobod tumanidagi 83-, 94-,
  • Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 54-, 209-,
  • Olmazor tumanidagi 1-, 28-,
  • Sergeli tumanidagi 33-, 68-, 269-, 352-,
  • Uchtepa tumanidagi 199-, 251-,
  • Chilonzor tumanidagi 79-, 101-, 114-, 138-, 162-, 163-, 168-, 173-, 178-, 179-, 181-, 182-, 183-, 184-, 188-, 201-, 202-, 232-, 270-, 280-, 281-sonli umumta’lim maktablari, 4-sonli maxsus maktab-internati,
  • Shayxontohur tumanidagi 19-, 39-, 59-, 82-, 85-, 92-, 132-, 141-, 167-, 169-, 180-, 186-,
  • Yunusobod tumanidagi 87-, 259-sonli,
  • Yangihayot tumanidagi 2-, 3-, 334-,
  • Yashnobod tumanidagi 145-sonli umumta’lim maktabi, 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida sinfxonalarda havo harorati me’yoridan pastligi tufayli dars mashg‘ulotlari masofaviy ta’limga o‘tkaziladi.

Shuningdek Namangan viloyatida 710 ta maktabdan 692 tasida o‘quv jarayonlari to‘liq boshlanadi. Qolgan 18 ta muassasada darslar masofaviy tarzda o‘qitiladi.

Maktablar ro‘yxati:
Namangan shahar 1, 7, 50,

Mingbuloq tuman 4, 25,

Pop tuman 1,

Norin tuman 1,

Chust tuman 74,

Chortoq tuman 16, 49,

Yangiqo‘rg‘on tuman 9, 10, 15, 42, 43-maktablar;

Chust tuman 42-sonli, Uchqo‘rg‘on tuman 46-sonli va Norin tuman 47-sonli maxsus maktab-internatlari.