Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati Mirzo Ulug‘bek tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

22 yanvarga o‘tar kechasi taxminan soat 00:40 da Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 4-sonli avtokorxona qarshisida haydovchi — 1998 yilda tug‘ilgan A.T. Tracker avtomobilida tezlikni oshirib harakatlangan.

Oqibatda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida harakatsiz turgan Isuzu rusumli avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan. To‘qnashuvdan so‘ng Tracker avtomobilining old qismida yong‘in chiqqan.

YTH sabab Tracker yo‘lovchilari — D.U., M.P. va S.A. turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.