OTB O‘zbekistonga iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash uchun $150 mln kredit ajratdi
9 fevral 2023, 15:44

OTB O‘zbekistonga iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash uchun $150 mln kredit ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 150 mln dollar miqdoridagi yangi kredit ajratdi. Bu mablag‘ fiskal xavf va davlat qarzini boshqarishni kuchaytirish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilishni kengaytirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, audit tizimlari samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Toshkent aeroportida 2 ta kutib olish hududi tashkil etiladi
9 fevral 2023, 14:32

Toshkent aeroportida 2 ta kutib olish hududi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilarni kutib oluvchilar uchun 2 ta hudud quriladi — biri mavjud soyabonlar o‘rniga, ikkinchisi — ketish va kelish zallari oralig‘idagi P2 avtoturargohida.

Toshkent va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
9 fevral 2023, 13:32

Toshkent va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi

Chilonzor, Sergeli va Xo‘jaobod tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy saqlagan va sotgan shaxslar ushlandi. Holatlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Qashqadaryodagi temir yo‘lda tuproq ko‘chkisi sodir bo‘ldi
9 fevral 2023, 13:18

Qashqadaryodagi temir yo‘lda tuproq ko‘chkisi sodir bo‘ldi

Chashma-Oqrabot stansiyalari oralig‘ida tuproq ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Shu sababli 80/79-sonli Toshkent-Termiz-Toshkent va 682/681-sonli Qumqo‘rg‘on-Sariosiyo-Qumqo‘rg‘on yo‘nalishlaridagi poyezdlar harakati bir reysga to‘xtatiladi.

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada jami 51 kishini vayronalar ostidan chiqarib oldi
9 fevral 2023, 13:16

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada jami 51 kishini vayronalar ostidan chiqarib oldi

Turkiyaga ketgan O‘zbekiston FVV xodimlari qutqaruv ishlari boshlangandan buyon 13 nafar jarohatlangan va 38 nafar halok bo‘lganlarni vayronalar ostidan olib chiqdi. Jarayon davom etmoqda.

Istanbulda «kuchli zilzila xavfi» haqidagi ogohlantirishlarga qaramay, tartibsiz qurilishlar davom etmoqda. Oqibati dahshatli bo‘lishi mumkin
9 fevral 2023, 13:09

Istanbulda «kuchli zilzila xavfi» haqidagi ogohlantirishlarga qaramay, tartibsiz qurilishlar davom etmoqda. Oqibati dahshatli bo‘lishi mumkin

6 fevraldagi zilzila qurbonlari soni 15 ming kishidan oshdi. Olimlar Turkiyada yaqin yillarda yana bir kuchli zilzila yuz berishi mumkinligi, undan 15 mln aholi yashaydigan Istanbul jiddiy jabr ko‘rishi haqida ogohlantirmoqda. Shahardagi tartibsiz qurilishlar ahvolni og‘irlashtiruvchi omil sifatida ko‘rsatilyapti.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya elchixonasiga bordi
9 fevral 2023, 12:59

Shavkat Mirziyoyev Turkiya elchixonasiga bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Elchi bilan suhbatda u turk xalqiga hamdardlik bildirdi va mamlakat barcha zarur yordamga tayyorligini ma’lum qildi.

Sian-Toshkent-Sian to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysi yo‘lga qo‘yiladi
9 fevral 2023, 12:42

Sian-Toshkent-Sian to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysi yo‘lga qo‘yiladi

Xitoy aviakompaniyasi Siandan Toshkentga aviaparvozlarni 10 fevraldan tiklamoqda. Reyslar 2020 yilda pandemiya sababli to‘xtab qolgandi.

Foto: Turkiyaga O‘zbekistondan insonparvarlik yordamining yangi partiyasi yetib bordi
9 fevral 2023, 11:50

Foto: Turkiyaga O‘zbekistondan insonparvarlik yordamining yangi partiyasi yetib bordi

O‘zbekistondan Turkiyaning Gaziantep shahriga uchinchi samolyotda gumanitar yordam, qo‘shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari hamda kinologlar (xizmat itlari bilan) yetib bordi.

Payshanba kuni me’yordan yuqori darajada shamol bo‘lishi kutilmoqda
9 fevral 2023, 11:44

Payshanba kuni me’yordan yuqori darajada shamol bo‘lishi kutilmoqda

O‘zgidromet rahbari 9 fevral kuni hududlarda me’yordan yuqori darajada shamol bo‘lishi kutilayotgani, shu sabab poytaxtdagi mashina egalariga avtomobillarini xavfsiz joyga qo‘yishni tavsiya qildi.

TOK BOR kompaniyasi kerakli joyda quvvatlash stansiyalarini bepul o‘rnatib beradi
9 fevral 2023, 11:00

TOK BOR kompaniyasi kerakli joyda quvvatlash stansiyalarini bepul o‘rnatib beradi

Elektromobillar uchun TOK BOR quvvatlash stansiyalarini bepul o‘rnatish orqali yuqori daromadli iste’molchilarni biznesingiz joylashgan hududga jalb qilishingiz mumkin.

Banklarida dollarning sotish kursi yana ko‘tarlib, 11 425 so‘mga yetdi
9 fevral 2023, 10:55

Banklarida dollarning sotish kursi yana ko‘tarlib, 11 425 so‘mga yetdi

Tijorat banklari 9 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 315 — 11 405 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 425 so‘m.

Davlat quyosh paneli o‘rnatgan tadbirkorlardan elektrni kafolatli sotib oladi — prezident
9 fevral 2023, 10:53

Davlat quyosh paneli o‘rnatgan tadbirkorlardan elektrni kafolatli sotib oladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tkazgan yig‘ilishda aholi o‘z xonadonida quyosh panelini o‘rnatsa, ehtiyojidan ortiq energiyani tarmoqqa sotishni taklif qildi. Bunda aholi sotgan elektr energiyasining har bir kilovatti uchun ming so‘mdan beriladi.

Nukus voqealari bo‘yicha 3 nafar huquq-tartibot idorasi xodimi qamoqqa olindi
9 fevral 2023, 10:01

Nukus voqealari bo‘yicha 3 nafar huquq-tartibot idorasi xodimi qamoqqa olindi

Huquq-tartibot idoralarining 3 nafar xodimi iyul oyida sodir bo‘lgan Nukus voqealarida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganlikda ayblandi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, ular qamoqqa olindi.

Interpol qidiruviga berilgan shaxs Moldovadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
9 fevral 2023, 09:52

Interpol qidiruviga berilgan shaxs Moldovadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Moldova diniy ekstremistik faoliyatga aloqadorligi uchun Interpol qidiruviga berilgan shaxsni O‘zbekistonga topshirdi.

Jismoniy tarbiya universiteti va uning Farg‘ona filialida qator kamchiliklar aniqlandi
9 fevral 2023, 09:39

Jismoniy tarbiya universiteti va uning Farg‘ona filialida qator kamchiliklar aniqlandi

Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Farg‘ona filialida qonunchilik talablari buzilgani aniqlandi. Xususan, ijodiy imtihon ballari oshirib qo‘yilgan, kvotalar sun’iy oshirilgan, korrupsiya va talon-toroj qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda.

Afg‘oniston bilan chegaradagi neytral hududda qamishzorlar yoqib yuborildi
9 fevral 2023, 09:30

Afg‘oniston bilan chegaradagi neytral hududda qamishzorlar yoqib yuborildi

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasi neytral hududida joylashgan Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda qamishzorlar yoqib yuborildi. Surxondaryo hokimligi ushbu tadbir rejaga muvofiq o‘tkazilganini ma’lum qilib, ortiqcha vahimaga berilmaslikni so‘radi. Biroq oldindan ogohlantirish bilan chiqmadi.

O‘zbekiston qutqaruvchilari Turkiyada 11 kishining hayotini saqlab qoldi, 33 kishining jasadini olib chiqdi
8 fevral 2023, 22:28

O‘zbekiston qutqaruvchilari Turkiyada 11 kishining hayotini saqlab qoldi, 33 kishining jasadini olib chiqdi

Turkiyada qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon O‘zbekiston qutqaruvchilari vayronalar ostidan 11 kishining hayotini saqlab qoldi, 33 kishining jasadini aniqladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
8 fevral 2023, 22:17

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiya va Suriyadagi zilzila oqibatlari bo‘yicha so‘nggi xabarlar, Fransiyada pensiya islohotiga qarshi yana keng ko‘lamli namoyishlar bo‘lib o‘tishi, Rossiyada bino qulashi oqibatida to‘rt kishining halok bo‘lgani, Yaponiyada Sakuradzima vulqonining uyg‘ongani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

8 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 fevral 2023, 22:00

8 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Hibsga olingan bloger Abduqodir Mo‘minov, Turkiyada ketgan o‘zbekistonlik FVV xodimlari, Markaziy va Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarining yangi qo‘mondonlari, gullarga to‘layotgan O‘zbekistondagi Turkiya elchixonasi, metro qurilishi bilan tanishgan Shavkat Mirziyoyev va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting