Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 9057 nafarga yetdi

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 9057 nafarga yetdi, dedi prezident Rejep Tayyip Erdog‘an Xatay viloyatida qilgan chiqishida.

«Ayni damda qurbonlar soni 9057 nafarni, yaradorlar soni 52979 nafarni tashkil etmoqda», — dedi u.

Chorshanba kuni tushdan keyin davlat rahbari jabr ko‘rgan viloyatlarda 6444 ta bino vayron bo‘lganini aytdi.


Erdog‘an 60 dan ortiq davlatdan yordam kelganini e’lon qildi

Turkiya zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun 60 dan ortiq davlatdan yordam va ko‘mak oldi, dedi prezident Rejep Tayyip Erdog‘an.

«Xususan, 60 dan ortiq davlatdan ko‘plab ko‘mak va yordamlar kelmoqda. Ozarbayjon, Isroil, Saudiya Arabistoni, Qatar, Quvayt boshchiligida o‘z yordamini ko‘rsatmoqda. Doimiy telefon orqali ko‘mak mavjud. Ular o‘z moddiy va boshqa zarur yordamlarini jo‘natishmoqda», — dedi u.


Yevropa Ittifoqi Turkiya va Suriyaga zilziladan keyin 6,5 mln yevro yordam beradi

Yevropa Ittifoqi Turkiya va Suriyaga zilzilalardan keyin 6,5 mln yevro miqdorida favqulodda yordam ko‘rsatish niyatida, deyiladiYevropa Komissiyasi (ES) bayonotida.

«Ushbu hafta boshida Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan bir necha zilziladan so‘ng Yevropa Ittifoqi har ikki davlatga Yevropa Ittifoqining fuqarolik muhofazasi mexanizmi orqali qo‘shimcha favqulodda yordam, shuningdek, 6,5 mln yevrolik favqulodda gumanitar yordam ko‘rsatadi», — deyiladi bayonotda.

Relizga ko‘ra, Suriyaga favqulodda gumanitar yordam ko‘rinishida «dastlabki» 3,5 mln yevro ajratiladi, bu yordamga muhtoj odamlarga, jumladan, boshpana, suv, gigiyena, qidiruv-qutqaruv ishlarini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.


Iskenderun portida yong‘in o‘chirildi

Turkiya janubi-sharqidagi Iskenderun portidagi yong‘in to‘liq o‘chirildi, dedi Istanbul hokimi Ekrem Imomog‘lu.

daйжест, жаҳон yangiликлари

«Iskenderun portidagi yong‘in to‘liq o‘chirildi, mutaxassislarimiz port hududini sovutishda davom etmoqda», — deb yozdi shahar hokimi o‘zining Telegram-kanalida. Operatsiyada Turkiyaning turli shaharlaridan kelgan o‘t o‘chiruvchilar, Turkiya Mudofaa va Qishloq xo‘jaligi vazirliklarining aviatsiya xodimlari hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Port hududidagi yong‘in dushanba kuni kechqurun zilzila paytida ag‘darilgan konteynerlarda yuzaga kelgan edi. Hozirda port ishlamayapti, zilzila paytida uning infratuzilmasi buzilgan. Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi seshanba kuni yong‘inga qarshi vertolyot va samolyotlar yordamida hali ham kurash olib borilayotganini ma’lum qildi.


Fransiyada pensiya islohotiga qarshi yangi umummilliy norozilik namoyishi o‘tkaziladi

Fransiyaning sakkiz yetakchi kasaba uyushmasi 16 fevral, payshanba kuni pensiya islohotiga qarshi navbatdagi umummilliy norozilik namoyishining yangi sanasini kelishib oldi, deb xabar berdi chorshanba kuni РМСрадиосtaнцияси.

«7 fevraldagi namoyishning uchinchi kunidan so‘ng, 16 fevral, payshanba kuni kasblararo namoyishning yangi sanasi kelishib olindi», — deyiladi OAV kasaba uyushma manbalariga tayanib.

Pensiya islohotiga qarshi safarbarlikning uchinchi kunidagi ishtirokchilar soni avvalgi norozilik namoyishlarida yig‘ilganlar sonidan sezilarli darajada kam edi. Shunday qilib, mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba kuni butun Fransiya bo‘ylab pensiya yoshini oshirishga qarshi namoyishlarda 757 mingga yaqin kishi qatnashgan, ulardan 57 ming nafari Parijda bo‘lgan.


Rossiyada bino qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Tula viloyatining Yefremov shahrida besh qavatli turar-joy binosining qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda seshanba kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

daйжест, жаҳон yangiликлари

«Ayni damda yetti kishi qutqarib olindi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostida yana bir kishi qolmoqda. Afsuski, uch kishi jarohat oldi, to‘rt kishi halok bo‘ldi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida. FVV xabariga ko‘ra, turar-joy binosi qulagani haqida soat 16:46 da xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar gazlashtirilgan besh qavatli turar-joy binosining bir kirish qismi qulab tushganini aniqladi.

Qutqaruvchilar vayronalarni tozalash va qidiruv ishlarini olib borishga kirishgan. Jami 12 ta texnika va 42 kishi jalb etilgan. «Qo‘shimcha kuch va vositalar voqea joyiga yo‘l oldi. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Tula qutqaruv markazi aeromobil guruhi jo‘nab ketishga tayyor», — deya qo‘shimcha qildi departament.

Qayd etilishicha, turar-joy binosida sodir bo‘lgan portlashga gaz uskunasining nosozligi sabab bo‘lgan.


Pokiston shimoli-g‘arbidagi harbiy amaliyot chog‘ida 12 nafar terrorchi yo‘q qilindi

Pokiston armiyasining mamlakat shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatiga uyushtirgan qurolli hujumi chog‘ida 12 nafar terrorchi yo‘q qilindi. Bu haqda Sinxua Pokiston idoralararo jamoatchilik bilan aloqalar xizmati (ISPR) chorshanba kuni e’lon qilingan bayonotga tayanib xabar qildi.

Bayonotga ko‘ra, amaliyot chog‘ida xavfsizlik kuchlari razvedka ma’lumotlari bo‘yicha harakat qilib, Pokistonning «Tehrik-e-Tolibon» guruhiga aloqador terrorchilar mashinasiga hujum qilgan.

«Oxirgi haftada terrorchilarning harakati va faoliyati razvedka idoralari tomonidan kuzatilgan. Terrorchilar qochish mashinasini taqdim etish orqali aldangan, ular ushlanib, zararsizlantirildi», — deyiladi ISPR bayonotida.

Bayonotda aytilishicha, operatsiya davomida terrorchilardan qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va chet el valyutalari ham musodara qilingan.

ISPR ma’lumotlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari hududda minalardan tozalash ishlarini olib bormoqda.


Afg‘onistonning Maymana shahrida mototsikldagi bomba portladi, hech kim halok bo‘lmadi

Chorshanba kuni Afg‘oniston shimolidagi Faryob viloyati markazi Maymana shahrida mototsiklda portlash sodir bo‘ldi. O‘liklar yo‘q. Bu haqda mahalliy amaldor ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar mototsikl bo‘shlig‘iga portlovchi moslama o‘rnatgan. Portlash mahalliy vaqt bilan soat 13:00 atrofida Imom Abu Hanifa nomidagi masjid oldida sodir bo‘lgan.

Guvohlarning aytishicha, portlash oqibatida olti kishi, jumladan, uch nafar xavfsizlik xodimi yaralangan.

Voqea yuzasidan tergov boshlangan. Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.


Yaponiyadagi Sakurajima vulqoni otildi

Yaponiyada Sakurajima vulqoni otildi. Bu haqda 8 fevral kuni mamlakat meteorologiya agentligi xabar berdi.

Sakurajima atrofidagi hudud hozirda vulqon xavfining uchinchi darajasida.

Sakurajima Yaponiyadagi eng faollardan biridir. So‘nggi o‘n yil ichida ushbu vulqonning mingdan ortiq marta turli darajada otilishi qayd etilgan. Oxirgi yirik portlash o‘tgan yilning iyul oyida sodir bo‘lgan.