Moldova poytaxti Kishinyov shahrida huquq-tartibot idoralari O‘zbekiston va AQShda xalqaro qidiruvga berilgan, terrorizmda ayblangan o‘zbekistonlik erkakni qo‘lga olgandi. Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berishicha, u Toshkentga olib kelindi.

Hibsga olingan shaxs O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlaridan yashirinib, xalqaro ekstremistik tashkilotga qo‘shilgan va u yerda terrorchilik harakatlarini sodir etish va tayyorlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarda ishtirok etib, tashkilot yetakchilaridan biriga aylangan aytilgan.

Gumonlanuvchini qo‘lga olish Toshkent va Kishinyov Interpol milliy markaziy byurolarining birgalikdagi harakatlari va tezkor-axborot almashinuvi tufayli amalga oshirilgan.

Moldovaning vakolatli organlari tomonidan ekstraditsiya masalasi ijobiy hal etilganidan so‘ng qidirilayotgan shaxs sud oldida javob berish uchun O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirilgan.