Germaniya kompaniyasi Surxondaryoda 600 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiya quradi
7 fevral 2023, 09:34

Germaniya kompaniyasi Surxondaryoda 600 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiya quradi

Jarqo‘rg‘on tumanida Germaniyaning Graess Energy Uzde kompaniyasi 600 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda.

Barcha aholi punktlarida harakatlanish tezligi soatiga 60 kmgacha tushiriladi
7 fevral 2023, 09:25

Barcha aholi punktlarida harakatlanish tezligi soatiga 60 kmgacha tushiriladi

Muhokamaga qo‘yilgan 2023 yilgi davlat dasturiga muvofiq, 1 iyundan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 60 kilometrgacha tushirilishi mumkin. Tahlillarga ko‘ra, bu cheklov o‘lim holatlarini kamida 15 foizga kamaytirishga olib keladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
6 fevral 2023, 23:58

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari sonining umumiy 2200 nafarga yaqinlashgani, Gretsiyada kuchli qor tufayli maktab va do‘konlarning yopilgani, Falastin hukumatining milliy yarashuv bo‘yicha uchrashuvga tayyorgarlikni boshlagani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

O‘zbekiston prezidenti mamlakatdagi missiyasini yakunlayotgan Xitoy elchisini mukofotladi
6 fevral 2023, 23:10

O‘zbekiston prezidenti mamlakatdagi missiyasini yakunlayotgan Xitoy elchisini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy elchisi Szyan Yanni qabul qildi. Prezident diplomatga ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun «Do‘stlik» ordenini topshirdi.

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha yangi ishda 39 nafar sudlanuvchi nimalarda ayblanmoqda?
6 fevral 2023, 22:44

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha yangi ishda 39 nafar sudlanuvchi nimalarda ayblanmoqda?

Nukus voqealari bo‘yicha yangi ish bo‘yicha sud jarayonida prokuratura 39 nafar ayblanuvchiga ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, separatistik g‘oyalarni tarqatish, huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum qilish, avtomashinalarga o‘t qo‘yish va yo‘llarni to‘sib qo‘yish kabi ayblovlarni o‘qib eshittirdi.

6 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
6 fevral 2023, 22:00

6 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston zilzila sabab Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvchilarni jo‘natishi, shifokorlarga kutilmagan taklif bilan chiqqan SSV rahbari, hafta yarmidan yana kunlar sovishi, «Open Budget»ning yangi mavsumi, 47% viza arizalarini rad etgan AQSh va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

FVV: O‘zbekistonda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emas
6 fevral 2023, 21:34 1

FVV: O‘zbekistonda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emas

FVV O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda magnitudasi 5 dan yuqori bo‘lgan zilzilalar darakchilari aniqlanmagani hamda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emasligini ma’lum qildi.

Gaz va elektr energiya sohasida o‘g‘irlik juda katta — O‘zbekiston prezidenti
6 fevral 2023, 21:23

Gaz va elektr energiya sohasida o‘g‘irlik juda katta — O‘zbekiston prezidenti

Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda O‘zbekistonda gaz va elektr sohasida o‘g‘irlik darajasi juda yuqori ekani aytildi. Shavkat Mirziyoyev energetika nazorati bo‘yicha ikki yil «favqulodda tartibda» ishlash vazifasini qo‘ydi.

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 1500 nafardan oshdi
6 fevral 2023, 21:15

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 1500 nafardan oshdi

Turkiyada sodir bo‘lgan kuchli zilzila qurbonlari soni 1541 nafarga yetdi, 9730 dan ortiq kishi jarohatlandi. 3471 bino qulagan.

Toshkent metrosining poyezdlarida vagonlar soni ko‘paytiriladi
6 fevral 2023, 18:20

Toshkent metrosining poyezdlarida vagonlar soni ko‘paytiriladi

Toshkent metropolitenining to‘rtta poyezdiga bittadan vagon qo‘shildi. Bunday poyezdlar o‘rtacha 1300 nafar yo‘lovchini tashishi mumkin. Tez orada besh vagonli poyezdlar soni 12 taga yetkaziladi.

FVV Andijondagi uchta xonadonda portlash yuz berganini rad etdi
6 fevral 2023, 17:59

FVV Andijondagi uchta xonadonda portlash yuz berganini rad etdi

FVV Andijon tumandagi uchta xonadonda portlash sodir bo‘lganini inkor etib, faqat xonadonlarning birida yong‘in kelib chiqqanini ma’lum qildi. Buning oqibatida uyning 50 kv. metr maydoniga zarar yetgan, jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Fujairah Open-2023: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta oltin medal oldi
6 fevral 2023, 17:26

Fujairah Open-2023: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta oltin medal oldi

BAAda taekvondo bo‘yicha o‘tayotgan Fujairah Open-2023 musobaqasining kattalar o‘rtasidagi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta medal oldi. Ularning 6 tasi oltin (ilk bor), 2 tasi kumush va bittasi bronza.

O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
6 fevral 2023, 17:24

O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasida Ispaniya sayyohlik kompaniyalaridan biri bilan ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va charter reyslarini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi. Bu bo‘yicha bir necha soha vakillari uchun infotur tashkillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat yo‘lladi
6 fevral 2023, 17:22

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat yo‘lladi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyaning janubiy viloyatlarida bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat qildi. Ko‘chada qoling, lekin binolar yonida turmang, ochiq joyga o‘ting, — deyiladi xabarda.

12 yoshli qizning jasadi topilgan hududda obodonlashtirish ishlari boshlandi
6 fevral 2023, 16:37

12 yoshli qizning jasadi topilgan hududda obodonlashtirish ishlari boshlandi

Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning jasadi topilgan tashlandiq hududni obodonlashtirish ishlari boshlandi. Hududdagi daraxtlarning ortiqcha shoxlari olinib, yo‘llar ochiladi, chiroqlar o‘rnatiladi. Avvalroq marhumaning buvisi ko‘chalar yoritilmasligi, kameralar yo‘qligidan shikoyat qilgandi.

«Bu bankni obro‘sizlantirish hisoblanadi». «Agrobank» Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tarqatgan xabarga munosabat bildirdi
6 fevral 2023, 16:16

«Bu bankni obro‘sizlantirish hisoblanadi». «Agrobank» Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tarqatgan xabarga munosabat bildirdi

«Agrobank» ATB Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tarqatgan bankning Qamashi filiali tomonidan 4 mlrd so‘m talon-toroj qilingani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. «OAV orqali ma’lumot tarqatish shaxsning huquqini poymol qilish va bankni obro‘sizlantirish deb hisoblanadi», — deyiladi xabarda.

«Bemor bergan mablag‘ni e’tirof etish mamlakat siyosatiga zid». Antikorrupsiya agentligi jamoatchilik kengashi SSV rahbarining taklifi haqida
6 fevral 2023, 15:42

«Bemor bergan mablag‘ni e’tirof etish mamlakat siyosatiga zid». Antikorrupsiya agentligi jamoatchilik kengashi SSV rahbarining taklifi haqida

SSV rahbari oyligi xarajatlariga yetmayotgan shifokorlarga «bemorga mehr bilan yondashsangiz, o‘zi sizga berib ketadi» mazmunida taklif bildirgandi. Antikorrupsiya agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashiga ko‘ra, bu mamlakat siyosatiga zid harakat va tizimga xalqning ishonchi kamayishiga sabab bo‘ladi.

Nukus voqealari bo‘yicha yangi sud jarayoni boshlandi. 39 nafar sudlanuvchiga ayblov e’lon qilindi
6 fevral 2023, 15:32

Nukus voqealari bo‘yicha yangi sud jarayoni boshlandi. 39 nafar sudlanuvchiga ayblov e’lon qilindi

O‘tgan yozda Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarda ishtirok etganlikda gumon qilingan yana 39 nafar fuqaro ustidan Buxoroda sud jarayoni boshlandi. Ular orasida bank huquqshunosi, advokat, jurnalistlar, haydovchilar, ishsizlar va boshqalar bor. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvchilarni jo‘natadi
6 fevral 2023, 15:25

O‘zbekiston Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvchilarni jo‘natadi

O‘zbekiston Turkiyaga zilziladan jabr ko‘rganlar uchun gumanitar yordam va Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvchilarini jo‘natadi.

O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet»ning yangi mavsumi boshlandi
6 fevral 2023, 15:11

O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet»ning yangi mavsumi boshlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashabbusli budjetlashtirishning yangi mavsumi boshlanganini e’lon qildi. Unda fuqarolar infratuzilma, yo‘l, maktab va boshqa obyektlarni yaxshilash bo‘yicha loyihalarni taklif etib, mahalliy budjetning bir qismini taqsimlashda ishtirok etadi. Takliflar 26 fevralgacha qabul qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting