9 fevral kuni soat 06:10 da Chashma-Oqrabot stansiyalari oralig‘ining 103-kilometri 5−6 piket qismida tuproq ko‘chkisi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.

Hozirgi paytda ushbu holatni bartaraf etish maqsadida mutaxassislar hududga yetib kelgan va 3 dona ekskavator, 7 dona samosval, 2 dona buldozer va boshqa texnikalar jalb etgan xolda tuproq ko‘chkilarini temir yo‘l izidan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

«O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasining ma’lum qilishicha, 9 fevral kuni 80/79-sonli Toshkent-Termiz-Toshkent va 682/681-sonli Qumqo‘rg‘on-Sariosiyo-Qumqo‘rg‘on yo‘nalishlaridagi poyezdlar harakati texnik sabablarga ko‘ra bir reysga to‘xtatiladi.