O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi
15 may 2023, 12:10

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonning aksariyat hududlarida hafta o‘rtasida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi +10 darajagacha, kunduzi +17 darajagacha pasayadi. Toshkentda chorshanba va payshanba kunlari momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi.

Mirziyoyev Erdog‘anni saylov “muvaffaqiyatli o‘tgani” bilan tabrikladi
15 may 2023, 12:01

Mirziyoyev Erdog‘anni saylov “muvaffaqiyatli o‘tgani” bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdog‘anni prezidentlik va parlament saylovlari muvaffaqiyatli o‘tgani bilan telefon orqali tabrikladi. 99,31 foiz ovozni sanab chiqish yakuniga ko‘ra, nomzodlarning hech biri kerakli 50 foizni to‘play olmadi, ovoz berishning ikkinchi turi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ishlab chiqarish korxonalari xodimlariga milliy qo‘shiqlar va maqom eshittirish taklif etilmoqda
15 may 2023, 11:35

Ishlab chiqarish korxonalari xodimlariga milliy qo‘shiqlar va maqom eshittirish taklif etilmoqda

O‘zbekistondagi ishlab chiqarish korxonalarida ish kuni boshlanishi va tugashi paytida milliy kuy va qo‘shiqlar, shu jumladan, maqomning eshitilib turishini yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda. Hujjat loyihasida bu tashabbus prezidentning Namanganga tashrifida berilgan topshiriqlar asosida ishlab chiqilgani qayd etilgan.

OTMlarga kirish imtihonlari yana yopiq binolarda o‘tkaziladi
15 may 2023, 11:32

OTMlarga kirish imtihonlari yana yopiq binolarda o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2023/2024 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olindi. Pandemiya tufayli jarayon 3 yildan buyon ochiq havoda tashkil etilayotgandi. May oyi boshida JSST koronavirus global favqulodda holat maqomini yo‘qotganini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasiga 100 ming dollar o‘tkazadi
15 may 2023, 11:02

O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasiga 100 ming dollar o‘tkazadi

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi fondiga ixtiyoriy badal sifatida 100 ming dollar o‘tkazadi.

Turkiyada prezident saylovi: Erdog‘an va Qilichdaro‘g‘li ikkinchi turda bellashishi mumkin
15 may 2023, 10:53

Turkiyada prezident saylovi: Erdog‘an va Qilichdaro‘g‘li ikkinchi turda bellashishi mumkin

Turkiyada o‘tgan prezidentlik saylovining ilk natijalari Erdog‘anning 50 foizdan kamroq ovoz olganini ko‘rsatmoqda. Hozircha muxolifatchi raqibidan salkam 5 foiz ko‘proq ovoz to‘plagan Erdog‘an 28-may kuni ikkinchi turda Qilichdaro‘g‘li bilan yana kurashga kirishishi mumkin.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 440 — 11 490 so‘m etib belgilandi
15 may 2023, 10:21

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 440 — 11 490 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 15-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 375 — 11 420 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440 — 11 490 so‘m.

O‘zbekistonlik muaytaychilar JCHda 5 ta medal oldi
15 may 2023, 10:16

O‘zbekistonlik muaytaychilar JCHda 5 ta medal oldi

Muaytay bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

1-chorakda ikkilamchi uy-joylarni ipoteka asosida sotib olish uch barobardan ko‘proqqa ortdi
15 may 2023, 10:16

1-chorakda ikkilamchi uy-joylarni ipoteka asosida sotib olish uch barobardan ko‘proqqa ortdi

I chorakda O‘zbekiston aholisining ipoteka kreditlariga bo‘lgan talabi yuqoriligicha qoldi, deyiladi Markaziy bank hisobotida. Bu davrda jami 3 trln 260 mlrd so‘mlik kreditlar berilgan. Yangi binolarda uy-joy sotib olish uchun ajratilgan mablag‘lar hajmi esa kamaygan, ikkilamchi bozorda uch baravarga ko‘paygan.

O‘zbekiston boks bo‘yicha JCHni 9 ta medal bilan yakunladi
14 may 2023, 18:44

O‘zbekiston boks bo‘yicha JCHni 9 ta medal bilan yakunladi

Toshkentda o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatining oxirgi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschilar musobaqani 9 ta medal bilan yakunladi.

Toshkentda transafg‘on temir yo‘li loyihasini muvofiqlashtirish ofisi ochildi
14 may 2023, 16:02

Toshkentda transafg‘on temir yo‘li loyihasini muvofiqlashtirish ofisi ochildi

Toshkentda O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini muvofiqlashtirish ofisi ochildi. 20 mln tonnagacha yuk tashish imkonini beruvchi yo‘l Yevropa Ittifoqi, Rossiya, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston va undan keyingi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini bog‘lashi kerak.

Milliy gvardiyaga yangi vakolatlar berildi
14 may 2023, 15:59

Milliy gvardiyaga yangi vakolatlar berildi

Prezident Milliy gvardiya xodimlarining vakolatlarini kengaytirish, jumladan, ularga jamoat joyida spirtli ichimlik ichganlik, voyaga yetmaganlarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik uchun jarima solish imkonini beruvchi qonunni imzoladi.

IBA afsonaviy bokschi Rufat Risqiyevga umrbod ming dollar miqdorida oylik moddiy yordam tayinladi
14 may 2023, 09:21

IBA afsonaviy bokschi Rufat Risqiyevga umrbod ming dollar miqdorida oylik moddiy yordam tayinladi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov afsonaviy bokschi, “Toshkent yo‘lbarsi” Rufat Risqiyevga chempionlik kamari, “G‘alabaga bo‘lgan iroda” mukofoti hamda 10 ming dollar mablag‘ topshirdi. Shuningdek, unga ming dollar miqdorida oylik moddiy yordam ham tayinlandi.

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi
14 may 2023, 09:02

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi. Shoira uzoq yillar “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri va bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Toshkent viloyatida 2 yoshli farzandini qiynoqqa solib, videoga olgan ota ushlandi
13 may 2023, 23:37

Toshkent viloyatida 2 yoshli farzandini qiynoqqa solib, videoga olgan ota ushlandi

Tarmoqlarda erkak o‘z farzandlarini qiynoqqa solayotgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, yangiyo‘llik 30 yashar erkak oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘idan o‘ch olish maqsadida 2 yoshli farzandini qiynoqqa solib, jarayonni videoga olgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sudya, pedagog, agronom va amaldagi prezident — kelgusi 7 yillikdagi O‘zbekiston rahbarligi uchun kimlar kurashadi?
13 may 2023, 20:03

Sudya, pedagog, agronom va amaldagi prezident — kelgusi 7 yillikdagi O‘zbekiston rahbarligi uchun kimlar kurashadi?

9-iyulda o‘tkaziladigan muddatidan avvalgi prezidentlik saylovi uchun siyosiy partiyalar o‘z nomzodlarini ilgari surdi. “Milliy tiklanish” O‘zLiDeP izidan borib, amaldagi davlat rahbari nomzodini qo‘llab-quvvatladi. “Gazeta.uz” ularning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarni bir materialga jamladi.

Bahodir Jalolov O‘zbekiston hisobiga 3-oltin medalni keltirdi
13 may 2023, 19:28

Bahodir Jalolov O‘zbekiston hisobiga 3-oltin medalni keltirdi

Bokschi Bahodir Jalolov JCH finalida kubalik raqibi ustidan g‘alaba qozondi va ikkinchi bor jahon chempioni bo‘ldi. Shu tariqa finalning birinchi kunida o‘zbekistonlik bokschilar 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Hasanboy Do‘smatov ham boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
13 may 2023, 19:05

Hasanboy Do‘smatov ham boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Hasanboy Do‘smatov boks bo‘yicha jahon chempionati finalida fransiyalik Bilal Bennamani 1-raundda nokautga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu bilan u O‘zbekiston hisobiga ikkinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev boks bo‘yicha JCH finalini tomosha qilish uchun Humo Arena`ga bordi
13 may 2023, 18:29

Shavkat Mirziyoyev boks bo‘yicha JCH finalini tomosha qilish uchun Humo Arena`ga bordi

O‘zbekiston prezidenti boks bo‘yicha jahon chempionati finali o‘tayotgan Humo Arena sport majmuasiga tashrif buyurdi. Avvalroq Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finalda g‘alabaga erishib, oltin medalga ega chiqqandi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
13 may 2023, 17:52

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha JCHda ilk oltinni qo‘lga kiritdi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finalda qozog‘istonlik raqibi Dulat Bekbauov ustidan 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi va 200 ming dollar pul mukofoti egasiga ham aylandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting