Xersonning Rossiya nazoratidagi qismida GES to‘g‘oni vayron qilindi, aholi punktlarini suv bosishi mumkin
6 iyun 2023, 11:48

Xersonning Rossiya nazoratidagi qismida GES to‘g‘oni vayron qilindi, aholi punktlarini suv bosishi mumkin

Xerson viloyatining Rossiya nazoratidagi qismida joylashgan Kaxovka GESi to‘g‘oni qisman vayron bo‘ldi. Tomonlar bir-birini to‘g‘onni portlatishda ayblamoqda. Quyi oqimdagi suv sathi 2,5 metrga ko‘tarilgan, 80 ta aholi punktini suv bosishi mumkin.

Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi
6 iyun 2023, 10:49

Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish uchun prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etilib, unga Aziz Urunov tayinlandi. 1-iyuldan bu tashkilotning qoidalariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi.

“Bu adolatsiz va noqonuniy qaror” — Dauletmurat Tajimuratovning advokati
6 iyun 2023, 10:42

“Bu adolatsiz va noqonuniy qaror” — Dauletmurat Tajimuratovning advokati

Advokat Sergey Mayorov Dauletmurat Tajimuratov bo‘yicha apellyatsiya sudi qarorini “adolatsiz” va “noqonuniy” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukm o‘zgartirilishiga o‘zi ham, mijozi ham ishonmagan. Sud boshqa barcha ayblanuvchilar uchun jazoni yengillashtirdi.

Toshkentdagi 5 ta tumanning ayrim hududlarida 6-iyun 18:00 gacha “svet” o‘chirildi
6 iyun 2023, 10:17

Toshkentdagi 5 ta tumanning ayrim hududlarida 6-iyun 18:00 gacha “svet” o‘chirildi

Toshkent shahrining Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy hamda Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida 6-iyun 18:00 gacha elektr energiyasi o‘chirildi.

Banklar 6-iyunda dollarning sotuv kursini 11 465−11 505 so‘m etib belgiladi
6 iyun 2023, 09:46

Banklar 6-iyunda dollarning sotuv kursini 11 465−11 505 so‘m etib belgiladi

Tijorat banklari 6-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 390−11 450 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 465−11 505 so‘m.

May oyida 20,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
6 iyun 2023, 09:27

May oyida 20,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

O‘zbekistonda may oyida 20,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 135 ta holat aniqlandi. Taqqoslash uchun, aprel oyida 5,5 mlrd so‘mlik 225 ta holat aniqlangan.

“Eko-development — bu O‘zbekiston qurilish sanoatida biz belgilagan yangi tendensiya” — Aleksey Boldin
6 iyun 2023, 09:00

“Eko-development — bu O‘zbekiston qurilish sanoatida biz belgilagan yangi tendensiya” — Aleksey Boldin

Golden House bosh direktori Aleksey Boldin eko-development nima ekanligini, kompaniya loyihalarining rivojlanish vektorini ekologik tozalikka o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorga nima sabab bo‘lganligi va eko-kvartal oddiy turar-joy majmuasidan nimasi bilan farq qilishi haqida so‘zlab berdi.

Foto: Qatar amiri va O‘zbekiston prezidenti Samarqand bo‘ylab sayr qildi
5 iyun 2023, 22:37

Foto: Qatar amiri va O‘zbekiston prezidenti Samarqand bo‘ylab sayr qildi

Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Afrosiyob muzeyi, Registon maydoni va “Boqiy shahar” majmuasini borib ko‘rdi.

Foto: Qatar amiri O‘zbekistonga keldi
5 iyun 2023, 19:25

Foto: Qatar amiri O‘zbekistonga keldi

Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Uni Samarqand aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Biznes uchun mo‘ljallangan Dell Vostro noutbuklari: nega ular bunchalik mashhur?
5 iyun 2023, 19:00

Biznes uchun mo‘ljallangan Dell Vostro noutbuklari: nega ular bunchalik mashhur?

Dell vakillari Vostro biznes-noutbuklari seriyasi va uning korporativ segment uchun taqdim eta oladigan asosiy afzalliklari haqida gapirib berdi.

Toshkent viloyatida fuqaro qiynoq oqibatida vafot etdi, 2 nafar IIB xodimi hibsga olindi
5 iyun 2023, 17:47

Toshkent viloyatida fuqaro qiynoq oqibatida vafot etdi, 2 nafar IIB xodimi hibsga olindi

Bo‘ka tumanida fuqaro IIB xodimlarining noqonuniy so‘roq qilishi va jarohat yetkazishi oqibatida vafot etdi. Voqeaga sababchi 2 xodim hibsga olindi, tuman IIB rahbariyati esa ishdan bo‘shatildi. Ishga aloqador tezkor xodimlar holatni rad etmoqda, prokuratura qo‘shimcha ekspertiza tayinladi.

O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
5 iyun 2023, 17:25

O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri mamlakatga keladigan kunda bu haqdagi farmonni imzoladi.

Toshkent−Buxoro−Toshkent yo‘lovchi poyezdlari harakati 5−6-iyunda Navoiygacha qisqaradi
5 iyun 2023, 17:00

Toshkent−Buxoro−Toshkent yo‘lovchi poyezdlari harakati 5−6-iyunda Navoiygacha qisqaradi

Temir yo‘l izlarini modernizatsiya qilinishi sabab Toshkent−Buxoro−Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi va yo‘lovchi poyezdlar Navoiy bekatiga qadar harakatlanadi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi
5 iyun 2023, 16:42

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qatar sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan muzokaralar olib boradi.

Nukus ishi bo‘yicha 8 nafar sudlanuvchi qamoqdan chiqarildi, Tajimuratovga nisbatan hukm o‘zgartirilmadi
5 iyun 2023, 16:26

Nukus ishi bo‘yicha 8 nafar sudlanuvchi qamoqdan chiqarildi, Tajimuratovga nisbatan hukm o‘zgartirilmadi

Apellyatsiya sudi Qoraqalpog‘iston voqealari yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 8 nafar ayblanuvchining jazosini ozodlikni cheklash bilan almashtirdi, 6 nafar sudlanuvchining muddati qisqartirildi, Dauletmurat Tajimuratovning muddati o‘zgarishsiz qoldi. Sud prokuraturaning 4 kishiga nisbatan protestini rad etdi.

Toshkentda jurnalistga qo‘pollik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi
5 iyun 2023, 16:07

Toshkentda jurnalistga qo‘pollik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida MY5 telekanali jurnalistiga qo‘pollik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi. Tarmoqlarda tarqalgan videoda jurnalist aholi so‘rovi bilan ko‘p qavatli uydagi noqonuniy buzilish holatini o‘rganayotganda fuqaro unga qarshilik ko‘rsatgani va haqoratlaganini ko‘rish mumkin.

Akvaparkdagi kiyim almashtirish xonasiga kameralar o‘g‘riliklarning oldini olish uchun o‘rnatilgan — IIBB
5 iyun 2023, 15:15

Akvaparkdagi kiyim almashtirish xonasiga kameralar o‘g‘riliklarning oldini olish uchun o‘rnatilgan — IIBB

Toshkentdagi akvaparklardan birining kiyim almashtirish xonasidan kameralar aniqlandi. IIBB murojaatni o‘rganib, kameralar tashrif buyuruvchilarning buyumlari saqlanadigan qismda joylashgani va o‘g‘rilikning oldini olish maqsadida o‘rnatilganini ma’lum qildi. Xodimlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

O‘zbekiston badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatini 18 ta medal bilan birinchi o‘rinda yakunladi
5 iyun 2023, 14:59

O‘zbekiston badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatini 18 ta medal bilan birinchi o‘rinda yakunladi

Filippinda o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini O‘zbekiston 18 ta medal — 10 ta oltin, 7 ta kumush va 1 ta bronza bilan yakunladi. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Rossiyada va dunyo bo‘ylab Navalniyni qo‘llab-quvvatlash aksiyalari o‘tkazildi
5 iyun 2023, 14:47

Rossiyada va dunyo bo‘ylab Navalniyni qo‘llab-quvvatlash aksiyalari o‘tkazildi

Dunyoning turli shaharlarida rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uni qo‘llab-quvvatlash aksiyalari bo‘lib o‘tdi. Rossiyada 100 dan ortiq odam piketlarda qatnashgani uchun hibsga olindi.

Toshkentda elektrobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
5 iyun 2023, 14:44

Toshkentda elektrobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Poytaxtda Yutong elektrobusi, Malibu 2 va Lacetti ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Haydovchilardan biri shifoxonaga yotqizildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting