31-may-3-iyun kunlari Filippinning Manila shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta oltin, 7 ta kumush va 1 ta bronza — jami 18 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlar Xitoy va Qozog‘iston terma jamoalariga nasib etdi.

Terma jamoa tarkibida Taxmina Ikromova 5 yo‘nalishda g‘alaba qozonib, shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar orasida eng yaxshi multimedalchi bo‘ldi. Musobaqada jamoa vakillari quyidagi yo‘nalishlarda medallarga sazovor bo‘ldi:

Oltin medal:

  • Jamoaviy yo‘nalishda kattalar terma jamoasi;
  • Ko‘pkurash, kattalar: Taxmina Ikromova;
  • Halqa, kattalar: Taxmina Ikromova;
  • To‘p, kattalar: Taxmina Ikromova;
  • Bulava, kattalar: Taxmina Ikromova;
  • Jamoaviy yo‘nalishda yoshlar terma jamoasi;
  • Guruh mashqining ko‘pkurash yo‘nalishida yoshlar terma jamoasi;
  • Halqa, yoshlar: Anastasiya Saranseva;
  • Bulava, yoshlar: Lola Jo‘rayeva;
  • Tasma, yoshlar: Mishel Nesterova.

Kumush medal:

  • Guruh mashqining ko‘pkurash yo‘nalishida kattalar terma jamoasi;
  • To‘p, kattalar: Evelina Atalyans;
  • Bulava, kattalar: Yosmina Rahimova;
  • Guruh mashqining 3 tasma va 2 ta to‘p mashqida kattalar terma jamoasi;
  • To‘p, yoshlar: Natalya Usova;
  • Guruh mashqining 5 arg‘amchi dasturida yoshlar terma jamoasi;
  • Guruh mashqining 5 to‘p dasturida yoshlar terma jamoasi;

Bronza medali:

  • Tasma, kattalar: Yosmina Rahimova.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Toshkentda o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta — 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.