6-iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy hamda Yashnobod tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi soat 18:00 ga qadar vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qildi.

“Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini ta’minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida” quyidagi hududlarda elektr energiyasi o‘chirildi:

  • Bektemir tumanining “Iykota” MFYning Orasta, Taraqqiyot, Mevazor, Fazilat, Muborak hamda Zartuproq ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
  • Uchtepa tumanining “Katta qani” MFYning N.Saidov hamda O.Zoyitov tor ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
  • Yashnobod tumanining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarida;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanining Mo‘minova hamda Sayram ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
  • Yakkasaroy tumanining Kichik Beshyog‘och, Andijon hamda Shamsi Kulol ko‘chalari hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirildi.

“„Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi”, — deyiladi xabarda.